Get Mystery Box with random crypto!

Kun voqealari [Tarixda bugun].

Telegram kanalining logotibi kalendarlar — Kun voqealari [Tarixda bugun]. K
Telegram kanalining logotibi kalendarlar — Kun voqealari [Tarixda bugun].
Kanal manzili: @kalendarlar
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 434
Kanalning ta’rifi

Kun voqealari [Tarixda bugun]. ilmiy-ma’rifiy kanalga xush kelibsiz!
Har kuni ertalab bugungi sanada Jahon va O‘zbekiston tarixida yuz bergan muhim voqealar, bayramlar, tavalludlar, ma’lumotlar!

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 5

2021-02-01 18:01:51 #muhim_sanalar

1 -fevral - "Robinzon Kruzo" kuni

1709-yil ushbu sanada Robinzon Kruzoning prototipiga aylangan dengizchi Aleksandr Selkirk Tinch okeanidagi Xuan Fernandes arxipelagidagi kimsasiz oroldan topilgan.

Kechki mutolaa uchun: Yolgʻizlikda jon saqlash – Robinzon Kruzodan nimalarni oʻrgansa boʻladi?

Obuna bo‘ling @kalendarlar
535 views15:01
Ochish/sharhlash
2021-02-01 10:37:061 fevral - AQShda Milliy ozodlik kuni.

Milliy ozodlik kuni har yili AQShda 1 fevral kuni nishonlanadi. 1865 yilning 1 fevralida AQSh Prezident Avraam Linkoln “Qullikni bekor qilish to‘g‘risida”gi AQSh Konstitutsiyasiga 13-o‘zgartirishni kiritish bo‘yicha  Kongress rezolyusiyani imzoladi.

“Qullikni bekor qilish to‘g‘risida”gi AQSh Konstitutsiyasiga 13-o‘zgartirishni kiritish bo‘yicha  Kongress rezolyusiyasida shunday deyilgan: “ AQShda va ularning hukmronligi yetadigan barcha yerlarda qullik va majburiy mehnat bo‘lishi mumkin emas, bundan tashqari jinoiy ishlar uchun jazolanish,  aybdorga qilgan jinoyati uchun odilona  hukm chiqarilishi kerak”. Bu o‘zgartirish 1865 yil 18 dekkabrda tasdiqlangan, lekin Milliy ozodlik kuni 1942 yilning 1 fevral kunida birinchi marta nishonlangan, garchi shu davrda bu bayram rasmiy joriy qilinmagan bo‘lishiga qaramay. Shu paytdan boshlab AQShdagi ozodlik va mustaqillik ramzi bo‘lmish - Ozodlik qo‘ng‘irog‘iga gulbamchar qo‘yish marosimi boshlandi. 1948 yil 30 iyunda Prezident Garri Trumen Milliy ozodlik kuni bayramini  rasmiy tarzda 1 fevralda nishonlash haqidagi qonunni imzoladi.

Milliy ozodlik kuni bayramini  barcha shtatlarda keng nishonlanadi, lekin dam olish kuni deb belgilanmagan Ozodlik qo‘ng‘irog‘iga gulbamchar qo‘yish marosimi doimiy ravishda har yili o‘tkaziladi.

Obuna bo‘ling @kalendarlar
745 views07:37
Ochish/sharhlash
2021-02-01 10:22:33 1-fevraldan yana nimalar o‘zgarmoqda?

Batafsil

Obuna bo‘ling @kalendarlar
595 views07:22
Ochish/sharhlash
2021-02-01 10:10:07
Bugundan ish haqlari, nafaqalar, stipendiyalar va jarima miqdorlari 10% ga oshdi

Prezident qaroriga (PQ-4938-son, 30.12.2020-y.) muvofiq, 2021-yil 1-fevraldan byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, nafaqa va stipendiya miqdori 10 foizga oshirilishi belgilandi. Bu haqda huquqshunos @xushnudbek batafsil tushintirish berib o‘tdi

Demak, bugundan boshlab mamlakatimizda:

mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori - 747,3 ming soʻm miqdorida (hozir 679,3 ming soʻm);

bazaviy hisoblash miqdori - 245 ming soʻm miqdorida (hozir 223 ming soʻm) belgilandi.

oʻz-oʻzidan bazaviy hisoblash miqdoriga bogʻlangan jarimalar ham 10%ga oshadi.

stipendiyalar oshsa ham, lekin kontraktlar miqdori oʻzgarmaydi, bu haqda mana bu yerda (t.me/xushnudbek/8259) batafsil tushuntirilgan.

bugundan boshlab oʻzgaradigan nafaqalar miqdori yuqoridagi jadvalda koʻrsatilgan.


Obuna boʻling @kalendarlar
739 views07:10
Ochish/sharhlash
2021-02-01 07:50:48
#xalqaro_kun

Jahonda 1 fevral kuni xalqaro hijob kuni nishonlanadi. Birinchi marta Butunjahon Hijob kuni Nyu-York shahrida istiqomat qiluvchi Nozima Xonning tashabbusi bilan oʻtkazilgan. Bugungi kunga kelib Butunjahon hijob kuni dunyoda ommalashib bormoqda.

Shu kuni hijob oʻragan ayollarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida koʻplab aksiyalar oʻtkaziladi.

Obuna bo‘ling @kalendarlar
1.0K viewsedited  04:50
Ochish/sharhlash
2021-02-01 06:29:41 Bugun -fevral 2021-yil, dushanba.

BAYRAMLAR:

Xalqaro desert kuni
Xalqaro xijob kuni
 Xalqaro konfessiyalararo mutanosib aloqalar haftaligi.
AQSh - Milliy ozodlik kuni.
AQSh - Xalqaro desert kuni.
 Jazoir - Evakuatsiya kuni.
 Irlandiya - Muqaddas Brigitta kuni.
Malayziya - Faderal hududlar kuni.
Mavrikiy - Qullik bekor qilingan kun.
Meksika - Konstitutsiya kuni.
 Rossiya - Lift xo‘jaligi xodimlari kuni.
Ruanda - Qahramonlar kuni.
Vengriya - Respublika e’lon qilingan kun.

TARIXDA BUGUN:

- 1186 - Ionniylar Suriyadagi Margat qal’asini egallashdi.
- 1327 - Angliyada Eduard III qirol deb e’lon qilindi.
- 1411 - Buyuk urush (1409—1411) bitim tuzish bilan yakunlandi.
- 1662 - Tayvan Chjen Chengun qoʻliga oʻtdi.
- 1702 - Ispan taxti uchun kurash: Kremona jangi.
- 1720 - Shvetsiya va Prussiya tinchlik sulhini imzolashdi.
- 1732 - Rossiya va Eron Resht shartnomasini imzolashdi.
- 1742 - Sardiniya va Avstriya ittifoq shartnomasini imzolashdi.
- 1793 - Fransiya Angliya va Niderlandiyaga urush e’lon qildi.
- 1810 - Sevilya (Ispaniya) fransuzlarga taslim bo‘ldi.
- 1816 - Dekabristlarning
birinchi maxfiy siyosiy jamiyatiy- “Soyuz spaseniya” tashkil topdi.
- 1835 - Mavrikiyada qullik bekor qilindi.
- 1865 - AQSh da qullik bekor qilindi.
- 1908 - Lissabonda qirol Karlush I va gersog Luish Filipe terrorchilar tomonidan otib oʻldirildi.
- 1920 - Xiva qizil askarlar tomonidan bosib olindi. Said Abdullaxon taxtdan voz kechdi.
- 1924 - Buyuk Britaniya SSSRni rasman tan oldi.
- 1926 - Qirg‘iziston ASSR tashkil topdi.
- 1930 - “Tayms” birinchi krossvordni chop etdi.
- 1931 - Soyuzkinoning Markaziy fabrikasi (hozirgi “Mosfilm”) ochildi.
- 1942 - Vidkun Kvisling Norvegiya Bosh vaziri boʻldi.
- 1946 - Tryugve Li BMTning birinchi Bosh kotibi etib saylandi.
- 1946 - Vengriya respublika deb e’lon qilindi.
- 1949 - Isroil g‘arbiy Quddusni rasman anneksiya qildi.
- 1958 - Misr va Suriya Birlashgan Arab Respublikasini tuzishdi.
Kun tarixiga oid eng ishonchli va tezkor ma'lumotlarni @kalendarlar kanalidan topasiz
- 1978 - rejissyor Roman Polanski AQShdan Fransiyaga qochib ketdi.
- 1979 - Oyatullo Humayniy 15 yillik surgundan so‘ng Eronga qaytib keldi.
- 1992 - Rossiya-Amerika o‘rtasida sovuq urush tugagani to‘g‘risidagi deklaratsiya.
- 1994 - Shengen kelishuvi kuchga kirdi.
2003 — „Kolumbiya“ shattli halokatga uchradi.
- 2003 - Nitsa shartnomasi kuchga kirdi.
- 2012 - Port-Said portidagi fojia.

TAVALLUDLAR:

1828 - Nikolay Teleshov (1895) - ixtirochi, Rossiyada samolyotning 1-proyekti va reaktiv samolyotning dunyoda birinchilardan bo‘lgan proyekti muallifi.
1876 Uilyam Xarvi Emmons - (1948) - amerikalik geolog. 
1889 - Viktor Shchekin (1965) - seleksiyachi chorvador olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1959).
1894 - Jon Ford (1965) - amerikalik kinorejissyor.
1905 - Emilio Segre (1989) - italiya va amerikalik fizik, Nobel mukofoti sohibi (1959).
1906 - Nu'monbek Dolimov (1977) - geograf olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1970).
1922 - Tachat Oganesov (1991) - rangtasvirchi rassom, Oʻzbekistonda xizmat kursatgan sanʼat arbobi (1968).
1922 - Renata Tebaldi (2004) - italiyalik opera qo‘shiqchisi (lirik soprano).
1924 - Bektosh Rahimov (2009) - OʻzSSRdavlat arbobi, Sovet Ittifoqi mehnat qahramoni, SSSR Oliy Soveti deputati (1976-1986). 1986-yili Paxta ishi boʻyicha sudlangan.
1931 - Boris Yeltsin (1931 - 2007) - Rossiya Federatsiyasining birinchi prezidenti (1991-1999).
1942 - Lev Leshenko - estrada qo‘shiqchisi, RSFSR xalq artisti.
1953 - Sirojiddin Rahmatullayev - yogʻoch oʻymakori, Oʻzbekiston xalq ustasi (2003). 
1962 - Takasi Murakami - yapon rangtasvirchisi, haykaltarosh.
1965 - Stefaniya - Monako malikasi, pop qo‘shiqchi.
1969 - Gabriel Batistuta - argentinalik futbolchi.

Kun tarixiga oid eng ishonchli va tezkor ma'lumotlarni @kalendarlar kanalidan topasiz
2.7K viewsedited  03:29
Ochish/sharhlash
2021-01-31 16:43:43
#Tarixda_bugun

1990 yil 31- yanvar, aroqning tug‘ilgan kunida, SSSR hududida McDonald's o‘z ishini boshladi.

Video: SSSRdagi taqchillik. 91-yil yanvar. Moskvada Makdonaldsning ochilishi. 90-yil yanvar.(Video @Zafarbek_Solijonov kanalidan)

Obuna bo‘ling @kalendarlar
730 viewsedited  13:43
Ochish/sharhlash
2021-01-31 15:35:47
#muhim_sanalar

31 yanvar - aroqning tug'ilgan kuni.

1865 yil shu kuni Sankt-Peterburgda Dmitriy Ivanovich Mendeleyev "Spirtli ichimliklarni suv bilan birlashtirish to'g'risida" nomli mashhur doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Shu sababli ushbu sanada Rossiyada aroqning tug‘ilgan kuni nishonlanadi.

Obuna bo‘ling @kalendarlar
2.4K views12:35
Ochish/sharhlash
2021-01-31 08:16:00
Bugun "vertual olam"da yashamaymizmi?

Ha, bugun Xalqaro internetsiz kun! Har yili jahon hamjamiyati tomonidan yanvar oyining so'nggi yakshanbasi Xalqaro internetsiz kun sifatida nishonlanadi.

Maqsad hech bo'lmaganda bir kun "vertual" hayotdan uzilib, "real" hayotda yashash va shu orqali insonlar bilan "jonli" muloqot qilishdir.

Ammo, siz bu postni o‘qiiyapsizmi, demak, siz bugun ham internetdasiz. Sizchi, biror kuningizni internetsiz tasavvur qila olasizmi?

Obuna bo‘ling @kalendarlar
739 views05:16
Ochish/sharhlash
2021-01-31 07:38:24 Muhim sanalar: Chilonzordan kichik mustaqil davlat. 31-yanvar – Nauru Respublikasining Mustaqillik kuni

1968-yil 31-yanvar kuni Nauru orol davlati o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritdi.

Batafsil

Obuna bo‘ling @kalendarlar
649 viewsedited  04:38
Ochish/sharhlash