Get Mystery Box with random crypto!

​ 1 fevral - AQShda Milliy ozodlik kuni. Milliy ozodlik kuni | Kun voqealari [Tarixda bugun].

1 fevral - AQShda Milliy ozodlik kuni.

Milliy ozodlik kuni har yili AQShda 1 fevral kuni nishonlanadi. 1865 yilning 1 fevralida AQSh Prezident Avraam Linkoln “Qullikni bekor qilish to‘g‘risida”gi AQSh Konstitutsiyasiga 13-o‘zgartirishni kiritish bo‘yicha  Kongress rezolyusiyani imzoladi.

“Qullikni bekor qilish to‘g‘risida”gi AQSh Konstitutsiyasiga 13-o‘zgartirishni kiritish bo‘yicha  Kongress rezolyusiyasida shunday deyilgan: “ AQShda va ularning hukmronligi yetadigan barcha yerlarda qullik va majburiy mehnat bo‘lishi mumkin emas, bundan tashqari jinoiy ishlar uchun jazolanish,  aybdorga qilgan jinoyati uchun odilona  hukm chiqarilishi kerak”. Bu o‘zgartirish 1865 yil 18 dekkabrda tasdiqlangan, lekin Milliy ozodlik kuni 1942 yilning 1 fevral kunida birinchi marta nishonlangan, garchi shu davrda bu bayram rasmiy joriy qilinmagan bo‘lishiga qaramay. Shu paytdan boshlab AQShdagi ozodlik va mustaqillik ramzi bo‘lmish - Ozodlik qo‘ng‘irog‘iga gulbamchar qo‘yish marosimi boshlandi. 1948 yil 30 iyunda Prezident Garri Trumen Milliy ozodlik kuni bayramini  rasmiy tarzda 1 fevralda nishonlash haqidagi qonunni imzoladi.

Milliy ozodlik kuni bayramini  barcha shtatlarda keng nishonlanadi, lekin dam olish kuni deb belgilanmagan Ozodlik qo‘ng‘irog‘iga gulbamchar qo‘yish marosimi doimiy ravishda har yili o‘tkaziladi.

Obuna bo‘ling @kalendarlar