Get Mystery Box with random crypto!

KAIZEN | Shaxsiy komillik sari

Telegram kanalining logotibi kaizen_jp_uz — KAIZEN | Shaxsiy komillik sari K
Telegram kanalining logotibi kaizen_jp_uz — KAIZEN | Shaxsiy komillik sari
Kanal manzili: @kaizen_jp_uz
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 679
Kanalning ta’rifi

Assalomu Alaykum.
Bu kanalda:
🔵 Yapon tilidagi kitoblar tahlili
🟢 Yaponlar madaniyat va hayoti
🟡 Kaizen bilan bogʻliq mavzular
🟠 Yapon tadbirkorlarining sirlari va boshqa qiziqarli maʼlumotlar berib boriladi.

Murojaat uchun: @Kaizen_murojaat_bot

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-03-25 01:30:00 ​​Kitob, kitob va yana kitob

Kitob - hech ber narsaga tenglashtirib bo'lmaydigan ilm manbaidir. Juda qimmatli ilmlarni faqat kitobdan arzon narxda xarid qilish mumkin.

Yaponiya iqtisodini ko'tarib turgan katta kompaniyalarning asoschilari hayotiga nazar solsak, deyarli har biri tajribalarini kitobga yozib qoldirgan.
Va hozirgacha juda qimmatli ilm manbai sifatida foydalanib kelinmoqda.

Panasonic rahbari janob Matsushitaning "Yo'lni ochish", "Odamlardan foydalanish" kabi juda mashhur kitoblari bor. Bu inson, jismoniy jihatdan juda nozik bo'lganligi uchun odamlarni qanday ishlatish haqida juda ko'p o'rgangan.
Natijada, shunday xulosaga kelgan. "Qo'l ostingdagi insonlarni ishlatishning oson yo'li, ularga katta ishonch bildirishdir".

Ba'zida, ko'plab tadbirkorlar o'z xodimlaridan ba'zi narsalarni sir tutishadi. Ya'ni ularga ishonishmaydi. Buni anglagan xodimlar ham bor kuchini kompaniya uchun sarflamaydi. Natijada, o'zaro ishonch yo'qoladi va kompaniyaning kelajagiga katta ta'sir qiladi.

Xulosa shuki, bizning mamlakatimizda ham katta va tajribali tadbirkorlar o'zlarining tajribalarini kitobga aylantirishi kerak. Boshqalarga o'rgatishi kerak. Bu, millatning, mamlakatning o'sishiga katta yordam beradi.

@kaizen_jp_uz
684 views22:30
Ochish/sharhlash
2022-03-24 01:30:00 ​​Sarfla, jamg'ar va ulash

Aksariyat mashhur odamlar bilan pul haqida suhbatlashganda, har bir inson moliyaviy savodxonlikni oshirishning ahamiyati haqida ko'p gapirishadi.

Kansas State Universitetining professori bir oylik daromadning kamida 10 %i jamg'arish, yana 10 %i esa turli xil xayriyalarga ajratilishi kerakligini maslahat beradi. Afsuski bizning diyorimizda hayotda muhim darslardan biri hisoblangan “pul bilan to‘g‘ri muomala qilish” kerakligi o‘rgatilmaydi.

Keling, bugungi postda g'arbda mashhur bo'lgan "3S = Spend, Save, and Share" (ya'ni, pulni sarflash, jamg'arish, va boshqalarga ulashish) qoidasi haqida batafsil o'rganamiz.

■ Spend = Sarflash: Bir oydagi o'rtacha sarflaydigan xarajatingizni aniqlab olib, (agar hali aniqlab olmagan bo'lsangiz, unda 1~2 oy davomida barcha xarajatlarni yozib boring) sarflash uchun o'sha pulni ajratib qo'ying. Aksariyat insonlarni sarf-xarajatlar boshqaradi.

■ Save = Jamg'arish: Keyin esa, topgan pulingizdan kamida 10 foizini kelajakda erishmoqchi bo'lgan maqsadlaringiz (misol uchun: uy olish, ota-onangizni haj safarlariga jo'natish, farzandlaringizni chet-el davlatlarida o'qitish va boshqalar) uchun jamg'arib qo'ying. Agar sharoitingiz ko'tarsa, 15-20 %ini jamg'arib qo'ying.

■ Share = Ulashish/Baham ko'rish: Bu g'oya esa biz musulmonlar uchun yangilik emas. Muqaddas dinimizda ham o'rgatilganidek, Alloh uchun eng suyukli bandalar - bu davomiy ehson qiluvchilar hisoblanadi. Lekin ko'pchilik hali bu qoidani odatga kiritib olgani yo'q. Keling, biz ham davomiy ehson qilish odatini shakllantirib, har oylik rejalarimizga kiritaylik.

Ha aytmoqchi, agarda siz ehson qilish uchun ishonchli platformalarni qidirayotgan bo'lsangiz, sizga Yaponiyadagi vatandoshlarimiz tomonidan tashkil etilgan "GenerousMe" saxovat loyihasini maslahat beramiz.

@kaizen_jp_uz
2.1K views22:30
Ochish/sharhlash
2022-03-23 02:00:10 Shirinliklar ishlab chiqaruvchi Yaokin o'zining eng mashhur yeyiladigan "Kukuruza" narxini oshirishni rejalashtirayotgani haqida rasmiy ma’lum qildi.

Umaibo "Kukuruza" barcha yoshdagi yaponlar tomonidan seviladigan mahsulot bo'lganligi sababli, kompaniyaning qarori mamlakat bo'ylab shou-shuvga sabab bo'ldi.
Yaokin kompaniyasi mahsulot narxini atiga 2 yen (200 so'm) ga oshiradi. Ha siz to'g'ri o'qidingiz! Umaibo 2 yenga qimmatlaydi.

Eng hayratlanarli holat, bu mahsulotning narxi 1979 yilda birinchi marta sotuvga chiqqanidan beri 10 yen (1000 so'm) bo'lgan. 42 yil davomida kompaniyaning sa'y-harakatlari bilan shunga erisha olgan.

Kompaniyaning twitterdagi rasmiy akkauntida shunday deyiladi:
“Umaiboni doimiy qoʻllab-quvvatlaganingiz uchun minnatdormiz. Umaiboning ingredientlari va yetkazib berish narxi, shuningdek, boshqa xarajatlar oshgani sababli, 2022-yil 1-apreldan boshlab biz narxini 10 yenadan 12 yenaga koʻtaramiz.

Sizning qo'llab-quvvatlashingiz va Umaiboni ishlab chiqarish va sotishda ishtirok etgan barchaning hamkorligi tufayli so'ngi 42 yil davomida narxni 10 yenada ushlab turishga muvaffaq bo'ldik va bu uchun barchangizdan minnatdormiz.

Biz sizga barchani xursand qiladigan mahsulotlarni yetkazish uchun qo'limizdan kelganini qilishda davom etamiz."

@kaizen_jp_uz
1.1K viewsedited  23:00
Ochish/sharhlash
2022-03-19 03:00:06 ​​Kayfiyatni ko'taramiz, hali kech emas

Yoshlar uchun katta imkoniyat bor, "Qani endi men sening o'rningda bo'lsam edi", deb yosh ukalarimizga maslahat beramiz. Albatta, maslahat berish juda yaxshi, agar yoshlik paytimizda nimadir qila olgan bo'lsak.

Lekin, katta bo'lib olib, yoshligimizdan unumli foydalana olmasdan, "Hozirgi imkoniyatlar o'sha paytda bo'lganda edi, eee bosib o'rganardim, xullas boplab o'qirdim" deyishga haqqimiz yo'q.

Chunki, har bir davrning yoshlari uchun o'ziga xos imkoniyatlar bo'ladi. Lekin, o'yinqaroqlik, katta bo'lsam o'rganaman, hozir o'ynab-kulib qolay deb, o'z davrimizning imkoniyatlarini qo'ldan qochirib qo'yamiz. Keyin, 35-40 yoshga to'lgach, eh hozirgi imkoniyatlar... deb o'zimizni ovutib yuramiz.

Mening fikrim, 30, 40, 50... yosh farqi yo'q. Ilm olish uchun hech qachon kech emas. Kimgadir erta, kimgadir esa kech. Lekin, albatta imkoniyatlar eshigi lang ochiladi. Faqat, o'sha vaqtni qo'limizdan qochirib qo'ymasak bo'ldi.

29 yoshimda Yaponiyaga keldim. Kimdir buni kech, endi Yaponiyada kariera qilish qiyin. Yaxshi kompaniyaga kira olmaysan, muvaffaqiyat qozona olmaysan deyishi mumkin. Bu ularning fikri. Men o'z kuchimga va qilingan mehnatning javobsiz qolmasligiga ishonaman. Oradan, 6 yil o'tdi...

Davomi keyingi sonlarda...

@kaizen_jp_uz
899 views00:00
Ochish/sharhlash
2022-03-18 02:05:50
Boshqalar qilmasa ham, siz qiling

Atrofingizdagi insonlar qilmasa ham, ularga tabassum bilan yuzlaning va salom bering.
Ularning faqat yomon tomonini izlamasdan, yaxshi tomonlariga ham qarang.

Ularning yaxshi tomonlarini topib, suhbatlashganda ayting.
Ular, qanchalik jahlingizni chiqarsa ham, avvalo yaxshilab fikr yuriting.

Ularning yaxshi ko'rgan narsasiga hurmat bilan qarang.
Yaqinlashishni boshqalardan kutmasdan, siz harakatni boshlang.

Ular bilan suhbatda, faqat siz gapirmang.
Ularni ham qalbini, suhbatlarini yaxshilab tinglang.

Shunda sizning chin do'stlaringiz va sizni hurmat qiladigan insonlar ko'payadi.
Ishlaringiz ham siz kutgandanda yaxshi bo'lishni boshlaydi.

Kuningiz barakali va omadli bo'lsin.

@kaizen_jp_uz
929 views23:05
Ochish/sharhlash
2022-03-17 01:00:49
Qanday inson bo'lsa ham...

Har qanday oldinga intiluvchi insonda ham, yoqtirmaydigan narsalari bo'ladi.
Har qanday mahoratli va bilimli insonning ham, bilmaydigan narsalari juda ko'p.

Har qanday muvaffaqiyatli insonda ham, ko'plab xatolar bo'ladi.
Har qanday sog'lom inson ham, bir kuni kasal bo'lishi mumkin.

Har qanday baxtli inson ham, bir kuni yig'lashi mumkin.
Qanchalik harakat qilsak ham, ehtiyot bo'lsak ham, ishlarimiz o'ylaganimizdek bo'lmasligi mumkin.

Nima bo'lganda ham, har kunimizni boricha qabul qilib, ertangi kunga umid va ishonch bilan boqish, harakatda davomli bo'lish, yaralganimiz uchun shukur qilish juda ham muhim.

Kuningiz xayirli bo'lsin.

@kaizen_jp_uz
1.1K views22:00
Ochish/sharhlash
2022-03-16 01:00:01
Ko'z, oyoq, quloq... vazifalari.

Ko'z
- qiynalayotgan va yordamga muhtoj odamlarni ko'rish uchun.
Oyoq - ularga yordam berish uchun oldiga borish uchun.

Quloq - ularning dardini va muammolarini tinglash uchun.
Qalb - boshqalarning muammosini ham o'zimizniki kabi his qilish uchun.

Bosh- ularga yechim izlab topish uchun.
Og'iz - ularga kuch quvvat bo'ladigan so'zlar aytish uchun.
Qo'l - ular bilan birga muammolarni yechish uchun ishlatilsa...

Hayotimizga mazmun kiradi va baxtga erishamiz.

Siz qanday fikrdasiz?

@kaizen_jp_uz
1.0K views22:00
Ochish/sharhlash
2022-03-14 15:19:12
O'zbekistonda qaysi mavzudagi kitoblar yetishmaydi?
Anonymous Poll
61%
Iqtisod, siyosat, huquq biln bog'liq kitoblar
25%
Tarixiy kitoblar
25%
Biznes bilan bog'liq kitoblar
33%
Shaxsiy rivojlanish bilan bo'liq kitoblar
24%
Psixologiya bilan bog'liq kitoblar
18%
Boshqa kitoblar
1.2K voters3.7K views12:19
Ochish/sharhlash
2022-03-13 04:30:00
Inson uchun eng kuchli qurol…?

Boylik?

Yillar davomida to’plagan boyligimiz, bir kunda yo’q bo’lishi mumkin. Demak, inson uchun eng kuchli qurol bo’la olmas ekan.

Do’stlik?

Vaziyatga qarab, barcha do’stlarimiz, yaqinlarimiz bizni tark etishi mumkin. Bu ham, eng kuchli qurol bo’la olmaydi.

Ilm?

Shubhasiz ilm – bu inson uchun eng kuchli quroldir. Ilm bilan istagancha boylikka, yaqin do’stlikka erishish mumkin. Ali (r.a) aytadi: “Agar kim menga ilm o’rgatsa, men unga qul bo’lardim”. Demak, ilmni nafaqat o’rganish, balki o’rgatish ham, inson uchun asosiy vazifalardan biri ekan

Ilm o’rgatadigan inson, “G’arq pishgan shirin mevali daraxtga o’xshaydi. Biz Shirin mevali daraxtni yaxshi ko’rganimiz kabi, ilm beradigan insonning atrofida ko’plab shogirdlar yig’iladi va bergan ilmi uchun uni yaxshi ko’radi”.

Millatimiz rivoji va o’z sohamizning qiroli bo’lishimiz uchun “Ilm olaylik va uni o’rgataylik”.

Dam olish kuningiz maroqli o'tsin.

@kaizen_jp_uz
1.7K views01:30
Ochish/sharhlash
2022-03-12 12:00:38 ​​​​​​ Bizda katta suhbat! Yapon tili va Yaponiya ovozli suhbat #8

26 yoshda professor bo'lish mumkin?! Ilm va motivatsiyaga to'la bo'lgan, unutilmas suhbat!

Spiker: Nagoya iqtisodiyot universiteti professori Alisher Umirdinov

Batafsil ma'lumot:http://umirdinov.com/muallif-haqida/

Mavzu: Kelajakni belgilash uchun vaqt: Yaponiya universitetida qanday o'qish kerak

12-mart shanba kuni soat 18:00 ( Yaponiya vaqti 22:00) da bo'lib o'tadi.

Suhbatda jonli ishtirok etish uchun kanalimizga aʼzo boʻling va yaqinlaringizga ham ulashing. Qiziqarli savol berib, Alisher aka tomonidan yozilgan "Talaba do'stimga 78+ tavsiya" kitobi sohibiga aylaning.

Mavzu bo'yicha savollarni izohlarda qoldiring va savollaringizga javob oling!

@yapontili_uzbekistan
1.2K viewsedited  09:00
Ochish/sharhlash