Get Mystery Box with random crypto!

Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda Nabiy (alayhissalom) aytadi | KAIZEN | Shaxsiy komillik sari

Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda Nabiy (alayhissalom) aytadilar: “Kuchli mo‘min kuchsiz mo‘mindan yaxshiroq va Allohga mahbubroqdir. Lekin har ikkisida ham yaxshilik bor.”

Tarixda Abu Hanifa rahmatulloh alayhning shogirdilaridan Abdulloh ibn Muborak degan buyuk ulamo o’tgan. U Xuroson (hozirgi Xorazm) dan bo’lib, Alloh uning boyligiga baraka bergan juda muvaffaqiyatli savdogar bo’lgan. Savdodan tushgan daromadini insonlarga manfaat keltiradigan ishlar: muhtojlarga ehson, ilm yo’lida va boshqa xayrli ishlar uchun sarflagan. Abdulloh ibn Muborak boy bo’lishiga qaramasdan ikki dunyo ilmini egallashda hech to’xtamagan. Shu bilan birga o’zi ham ilm ulashib, tolibi ilmlarni moliyaviy qo’llab-quvvatlagan, kitob nashri uchun katta sarmoya kiritgan.

Alloh bizlarni ham ibn Muborakdek har tomondan kuchli mo’minlardan qilishini ushbu ulug’ kunlarda so’rab qolamiz.

Juma ayyomingiz muborak bo’lsin!

@GenerousMe_UZ