Get Mystery Box with random crypto!

Kadirov Dev

Telegram kanalining logotibi kadirovdev — Kadirov Dev K
Telegram kanalining logotibi kadirovdev — Kadirov Dev
Kanal manzili: @kadirovdev
Toifalar: Bloglar , Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 8.53K
Kanalning ta’rifi

Kanal orqali dasturlashni bepul õrganishingiz mumkin
Youtube 👉 https://youtube.com/kadirovDev
Instagram 👉 https://instagram.com/kadirovDev
Facebook 👉 https://facebook.com/kadirovDev
MyBlog 👉 http://myblog.uz/author/kadirov

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2021-01-29 19:40:23
IT-Park bilan suhbat

SIzlardan IT-Park haqida ko'plab savollar kelardi. Lekin, men ham park faoliyati haqida kam ma'lumotga ega edim. Shuning uchun ham parkka tashrif buyurdik va sizlardan kelgan savollarni berdik. Menimcha juda informativ suhbat bo'ldi.

Suhbatimiz premyerasi Yakshanba kuni, 31-yanvarda soat 19:45 da bo'ladi. Hammangizni tomosha qilishga taklif qilamiz!

Video -



@kadirovDev
#suhbat #video
14.8K views16:40
Ochish/sharhlash
2021-01-20 12:01:04
Izohlarda va shaxsan o'zimga IT-park haqida juda ham ko'p savollar beriladi.

Odatda ularga o'zim ham park haqida ko'p ma'lumotim yo'qligini, IT-Park'ning o'ziga murojaat qilishlarini so'rayman.

Video darslarim tayyor bo'lguncha bilasizlar har xil jonli efirlar, suhbatlar, maqolalar va shunga o'xshash IT olamidagi materiallar tayyorlayman.

Bu safar IT-Parkka tashrif buyurishga qaror qildik.

Agar savollaringiz bo'lsa, ushbu postga izoh sifatida qoldiring. Yaxshi savollarni saralab, ularni park xodimlariga beramiz

@kadirovDev
17.4K views09:01
Ochish/sharhlash
2021-01-18 10:38:07
Ekzoskelet uchun yordam so'rab murojaat qilgan edim.

Qo'lidan kelgan pul ulashdi, boshqalar maqolani tarqatishga yordam berishdi. Hammangizga katta rahmat aytmoqchiman. Olga ham "Shogirtlaring juda yaxshi bolalar ekan, ularga keyingi so'zlarimni yetkaz" - deb iltimos qildi. Mana uning so'zlari:

"Bizning iltimosimizga odamlar shasht bilan javob berayotganini ko'rsam, mashhur temirchi Shoaxmad Shomahmudov va uning rafiqasi haqidagi "Sen yetim emassan" filmi yodimga tushadi. Ular ulug' vatan urushi davrida har xil millatga mansub 15 bolani boqib olishib, oxirgi non ushog'igacha bo'lishishgan edi. Va men, shu paytgacha qiyinchilik va sinovlardan o'tgan xalqimizning yuragi va qalbi o'zgarmaganini ko'rayapman. Men xalqimiz va vatanimiz bilan faxrlanaman. Hammalaringizga ko'ksim yerga tekkuncha ta'zim qilaman"

Ekzoskeletga yig'ish kanali - @ekzoskeletdlyaaykanush

To'g'ri, barcha summa yig'ilishiga hali bor. Lekin bu savob ishga qanchadir hissamizni qo'shganimizdan hursandman.

Bolalar - rahmat!

@kadirovDev
15.3K views07:38
Ochish/sharhlash
2021-01-12 12:00:03
Ekzoskelet

Zamona shunchalik rivojlandiki, o'zi yura olmaydigan (falaj, паралич) odamlar ham endi yura olishi mumkin. Buning uchun ekzoskelet robotlashgan mexanizmlari bor. Boshida odam ushbu skelet yordamida yura boshlaydi. Natijada nervlar aktivlashib odam asta-sekin o'zi, skelet yordamisiz ham yurib ketar ekan.

Huddi ertakka o'xshaydi. Lekin hammasi ham bunday kamalak ranglarida emas. Uning narhi: 50 000$

Termiz shaxrida bir qiz yashaydi, ismi Aykanush. Tug'ma nogiron: Bolalar falaji (ДЦП) 1-guruh.

Uning onasini yaxshi taniyman, yoshligimda dasturchlash uchun kuchliroq noutbuk kerak bo'lganida beminnat olib bergan. Yillar davomida yetim bolalarga, qariyalarga yordam berib kelishini ham bilaman. Bugun esa u bizning yordamimizga muhtoj! Qizini yurib ketishi uchun ekzoskeletga pul yig'moqda.

UzCard: 8600 4904 6177 6163
Visa: 4278 3100 2045 1605
Tel: +998 93 610 80 78 (Olga Lobastova)

Summa kichik emas, lekin toma-toma ko'l bo'lur. Agar pul bo'lisha olmasangiz, ushbu postni tarqating!

@kadirovDev
50.0K viewsedited  09:00
Ochish/sharhlash
2021-01-09 12:00:13
Qaribman shekilli, ko'p aql o'rgatayabman :)

@kadirovDev
#rasm #suhbat #buyamBirGapdaEndi
17.2K views09:00
Ochish/sharhlash
2021-01-06 09:30:17
Mendan ko'pchilik Clone Security haqida fikrimni so'rashardi, men esa ular haqida eshitmagan ekanligimni aytardim.

Mana bugun eshitdim. Ushbu guruh Surxondaryo viloyati saytnini (surxondaryo.uz) buzib, viloyat hokimiga habar qoldirishibdi.

Men buzg'unchilikni yomon ko'raman, lekin O'zbekistonda AT rivoji uchun hamma o'zining dunyoqarashidan kelib chiqib kurashadi.

Nima bo'lganda ham, O'zbekiston yaqin kelajakda AT gigantiga aylanadi - bunga ishonaman. Siz buning uchun nima qilish qo'lizdan keladi?

@kadirovDev
#yangiliklar
23.6K viewsedited  06:30
Ochish/sharhlash
2020-12-31 22:05:00
2020 - yil ko'pchilik uchun o'gir keldi. Kimdir ishini yo'qotgan bo'lsa, kimdir - yaqinlarini. Hayotimizdagi eng og'ri yil shu bo'lsin, kelayotgan barcha yillar bizga baxt, sog'lik va bankdagi hisob raqamlarimizga tugalmas boylik olib kelaversin!

Yangi, 2021-yilda nima niyatlarngiz, rejalaringiz bo'lsa - barchasi siz o'ylagandan bir necha barobar yaxshiroq bo'lib chiqsin.

Yangi yilingiz bilan do'stlar!

@kadirovDev
23.5K views19:05
Ochish/sharhlash
2020-12-18 09:16:36
Youtube kanalimizda premyera!

Video ostidagi "Напомнить" tugmachasini bosib qo’ysangiz, youtube sizga premyeraga 30 daqiqa qolganda eslatib qo’yadi.

Ushbu dars orqali Bootstrap freymvorkini o'rganasiz.

Video -


Matn - http://myblog.uz/2020/11/28/8-bootstrap-2-qism-veb-dasturlash-kursi/

@kadirovDev
#video #veb_dasturlash_kursi
23.2K views06:16
Ochish/sharhlash
2020-12-10 12:00:18
Ko’pchilik menga «umumiy dasturlash teoriyasini bir kunda ko’rib chiqdim, lekin hech narsaga tushunmadim» degan ma’nodagi xatlarni yozishgan.

Gap shundagi dasturchilar boshqacha fikrlashadi. Huddi matematiklar raqamlar bilan o’ylashganidek. Dasturchi – bu kod yozishni bilgan odam emas, dasturchi – o’zgacha fikrlay oladigan odam. Umumiy dasturlash teoriyasi maxsus – sizni dasturchidek firklashga o’rgatadigan qilib tayyorlangan. Ushbu darslikni ko’rishning xam o’z qoidaari bor

Ushbu maqolada qoidalar bilan tanishib oling - http://myblog.uz/2020/12/09/umumiy-dasturlash-teoriyasining-organish-qoidalari/

@kadirovDev
#text #umumiy_dasturlash_teoriyasi
25.1K views09:00
Ochish/sharhlash
2020-12-03 19:06:32
Suhbatda 3000 ga yaqin odam ishtirok etdi. Hammalarizga rahmat!

Lekin bazi uzilishlar bo'ldi. O'zbekiston interneti baribir o'zining sifati haqida eslatib qo'ydi. Buning uchun sizdan uzr so'rayman.

Suhbat videosini saqlab qo'ydim -



@kadirovDev
22.7K viewsedited  16:06
Ochish/sharhlash