Get Mystery Box with random crypto!

Ekzoskelet uchun yordam so'rab murojaat qilgan edim. Qo'lida | Kadirov Dev

Ekzoskelet uchun yordam so'rab murojaat qilgan edim.

Qo'lidan kelgan pul ulashdi, boshqalar maqolani tarqatishga yordam berishdi. Hammangizga katta rahmat aytmoqchiman. Olga ham "Shogirtlaring juda yaxshi bolalar ekan, ularga keyingi so'zlarimni yetkaz" - deb iltimos qildi. Mana uning so'zlari:

"Bizning iltimosimizga odamlar shasht bilan javob berayotganini ko'rsam, mashhur temirchi Shoaxmad Shomahmudov va uning rafiqasi haqidagi "Sen yetim emassan" filmi yodimga tushadi. Ular ulug' vatan urushi davrida har xil millatga mansub 15 bolani boqib olishib, oxirgi non ushog'igacha bo'lishishgan edi. Va men, shu paytgacha qiyinchilik va sinovlardan o'tgan xalqimizning yuragi va qalbi o'zgarmaganini ko'rayapman. Men xalqimiz va vatanimiz bilan faxrlanaman. Hammalaringizga ko'ksim yerga tekkuncha ta'zim qilaman"

Ekzoskeletga yig'ish kanali - @ekzoskeletdlyaaykanush

To'g'ri, barcha summa yig'ilishiga hali bor. Lekin bu savob ishga qanchadir hissamizni qo'shganimizdan hursandman.

Bolalar - rahmat!

@kadirovDev