Get Mystery Box with random crypto!

G'am chekma! Hayot sen o'ylaganchalik beshavqat, xiyonatkor, a | Shaxsiy kabinet

G'am chekma!
Hayot sen o'ylaganchalik beshavqat, xiyonatkor, adolatsizdir balki. Dunyoda yomon insonlar ko'pligi rost.
Ammo sen g'am chekma! Dunyoda milliarddan ziyod odam yomon bo'lsa, sen bitta eng yaxshisi bo'l. Quyosh bo'lolmasang, quyoshning bir nuri bo'lib dunyoni yoritishga hissa qo'sh. Bu yaramas hayot seni ezib, bukib, yiqitib qo'ysada, g'am chekma.
Bir narsani angla, bari vaqtinchalik. Boshingdan shuncha g'am o'tdimi, bular ham o'tishi tayin.
G'am chekma. Bu o'ksik qalbingni yupatda, olamdagi eng yaxshi inson bo'lishda davom et..!