Get Mystery Box with random crypto!

#hikoya Bir kuni odam to'la aftobusga yoshi katta ayollar chi | Shaxsiy kabinet

#hikoya

Bir kuni odam to'la aftobusga yoshi katta ayollar chiqishibdi.Odam ko'p, tiqilinch, joy yo'q.Qarasa bir yosh yigit o'tirvolgan ekan.Ayollar haligi yigitning tepasiga borib gapirishga tushibdi:
-Yoshlarda uyat yo'q,kattalarga joy berishmaydi desa ikkinchisi:
-Mushtak bo'lvolib o'tirishini buni.Bezbetmisan tur o'rningdan debdi.
Yigitning ko'zlaridan yosh chiqib ketib, o'rnidan turibdida, indamay bir chetga o'tibdi.
Shunda haligi ayollar aytgan gaplariga ming pushaymon bo'lib, qilgan ishlaridan uyalib qolibdi.
Sababi yigitning bir oyog'i tizzasidan yo'q edi...