Get Mystery Box with random crypto!

Pedofiliya — kattalar yoki oʻsmirlar balogʻatga yetmagan bolal | JURISPRUDENCE

Pedofiliya — kattalar yoki oʻsmirlar balogʻatga yetmagan bolalarga nisbatan asosiy yoki eksklyuziv jinsiy moyillikni boshdan kechiruvchi psixiatrik kasallikdir. Qiz bolalarda balogʻatga yetish jarayonini odatda 10 yoki 11 yoshda, oʻgʻil bolalarda esa 11 yoki 12 yoshda boshlansa-da, pedofiliya mezonlari balogʻatga yetishning chegaralanish nuqtasini 13 yoshgacha uzaytiradi. „Pedofiliyaga moyil“ (pedofil) deya nomlanish uchun shaxs, kamida, 16 yoshda va balogʻatga yetmagan boladan kamida besh yosh katta boʻlishi kerak.Ruhiy kasalliklar diagnostikasi va statistik qoʻllanmasida (DSM-5) pedofiliya psixologik buzilish deb ataladi va qoʻllanma uni balogʻatga yetmagan bolalarga nisbatan kuchli va takrorlanuvchi jinsiy istaklar va ularga nisbatan harakat qilingan yoki ularga sabab boʻlgan xayollarni oʻz ichiga olgan parafiliya sifatida belgilaydi.