Get Mystery Box with random crypto!

Zafar Yusupovni tabriklaymiz! Bugun O‘zbekiston dzyudo fede | Judo Uz

Zafar Yusupovni tabriklaymiz!

Bugun O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi sport direktori Zafar Yusupov uchun shodiyona kun. Zafar Zoirovich yana bir yoshga ulg‘aydilar. Ular o‘z oilalari va hamkasblari davrasida tavallud ayyomlarini nishonlayaptilar.

Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi rahbariyati, murabbiylar, hakamlar va dzyudochilar nomidan Zafar Yusupovni bugungi unutilmas kun bilan muborakbod etamiz. Ularga inson uchun eng kerakli ne’matlardan biri bo‘lgan - sog‘lik, sihat-salomatlik, oilaviy baxt, xotirjamlik tilaymiz.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг
Telegram