Get Mystery Box with random crypto!

Olimxon Mahmudmurodovni tabriklaymiz! Bugun O‘zbekiston dzy | Judo Uz

Olimxon Mahmudmurodovni tabriklaymiz!

Bugun O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi xalqaro bo‘limi yetakchisi mutaxassisi Olimxon Mahmudmurodov o‘z tavallud ayyomini nishonlayapti. Hamkasblari orasida hurmatga sazovor Olimxon haqida faqat ijobiy fikrlarni aytish mumkin. Buni hozir tabrik so‘zlarini o‘qiyotganlar ham tasdiqlashsa kerak. O‘zbekiston dzyudo federatsiyasining xalqaro munosabatlarida Olimxonning xizmati katta.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi rahbariyati, dzyudochilar, murabbiylar va hamkasblari nomidan Olimxon Mahmudmurodovni bugungi shukrona kun bilan muborakbod etamiz. Unga sihat-salomatlik, oilaviy baxt tilaymiz. Xalqaro munosabatlarimiz hamisha gurkirab rivojlanaversin.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг
Telegram