Get Mystery Box with random crypto!

Terma jamoamiz Samarqandda yakuniy mashg‘ulot yig‘nini boshlad | Judo Uz

Terma jamoamiz Samarqandda yakuniy mashg‘ulot yig‘nini boshladi

Xabaringiz bor, 7-14 may kunlari Qatar poytaxti Doha shahrida dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi 36-jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.

Yilning eng nufuzli musobaqasida ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasi bugundan Samarqand shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga kirishdi. Ushbu yig‘in tayyorgarlikning so‘nggi bosqichi hisoblanadi va 4 may kuniga qadar davom etadi.

Hozirgacha jahon chempionatida qatnashish istagini 5 qit’aning 95 davlatidan jami 636 (332 erkak, 304 ayol) nafar dzyudosi bildirgan. Ular safida O‘zbekiston terma jamoasining 18 nafar dzyudochisi ham bor.

Samarqanddagi yig‘in yakunlangach, 4 may kuni terma jamoamizning ilk delegatsiyasi Doha shahriga yo‘l oladi. O‘zbekiston ayollar terma jamoasi esa yakuniy o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini Toshkentda o‘tkazadi.

O`zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг
Telegram