Get Mystery Box with random crypto!

Marko Spittkani tabriklaymiz! Bugun O‘zbekiston dzyudo fede | Judo Uz

Marko Spittkani tabriklaymiz!

Bugun O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi sport direktori Marko Spittka 52 yoshni qarshi oldi.

Marko sportchilik faoliyati davomida Yevropa chempioni, jahon chempionati (1997) hamda Atlanta-1996 Olimpiya o‘yinlarining bronza medali sohibi bo‘lgan. Murabbiylik faoliyatida 2007-2019 yillar Avstriya terma jamoasida ulkan yutuqlarga erishgan. Hozirda 7-dan qora belbog‘ sohibi hisoblanadi.

Janob Spittka jahon dzyudosida ulkan tajribaga ega. Uning zimmasiga bir qator muhim vazifalar yuklatilgan. Jumladan, terma jamoalar uchun strategik rejalar ishlab chiqish, mashg‘ulotlar jarayonini yanada chuqur tahlil qilish, sport tibbiyotida erishilgan so‘nggi yutuqlarni terma jamoalarimizga olib kirish, ayollar dzyudosi rivojini yanada kuchaytirish va boshqalar.

Fursatdan foydalanib, Marko Spittkani bugungi tavallud kuni bilan muborakbod etamiz. Unga sihat-salomatlik, oilaviy baxt tilaymiz.

O`zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг
Telegram