Get Mystery Box with random crypto!

Qanday qilib bir loyihani Mikroservislardan Monolitga o’tkazga | JR TwitGram 🥂

Qanday qilib bir loyihani Mikroservislardan Monolitga o’tkazganim haqida

Qayerda bo’lganini aytmayman. Bir ishxonada boshidan boshlab Goda mikroservislar yozar edik. Boshida mazza qilar edim. Yangi til o’rganyapman, yangi arxitektura o’rganyapman deb yurar edim. 2-3 oyda uncha yoqmaslikni boshladi. Chunki agar monolit bo’lganda edi, qilayotgan ishlarimizni ancha tezroq qilgan bo’lar edik, tezroq bozorga chiqqan bo’lar edik, tezroq loyiha pul olib kelishni boshlagan bo’lar edi. Tezroq degani kamroq pul ketadi degani.

Shuning uchun hammaga kelinglar hammasini boshidan monolit qilib yozib chiqamiz deb aytishni boshladim. 2-3 oyda bemalol yozib bo’lamiz dedim. Keyin menga managerim tikilib qaradida “Jinnimisan? shuncha vaqtimiz ketdi, pulimiz ketdi, ko’p narsa o’rgandik. Hammasini tashlab yuboramizmi?” dedi.

Hullas mikroservislardan monolitga o’tkaza olmadim o’sha loyihani. Titledagi bait uchun uzr.

P.S. loyiha bozorga chiqmasdan yopildi. Resurs qolmadi. #StoryTime