Get Mystery Box with random crypto!

#StoryTime Germaniyaga kelishimdan oldin, Delivery Herodan t | JR TwitGram 🥂

#StoryTime

Germaniyaga kelishimdan oldin, Delivery Herodan tashqari boshqa kompaniyalarga ham topshirib ko’rganman. Ulardan biri HelloFresh edi. Birinchi interview HR bilan bo’ldi. Ikkinchisi qismi esa uyga vazifa bo’ldi. Pythonda Web Framework yasa deb aytishdi. 2 kun vaqt berishdi. Uni tugatib bo’lginimcha, Delivery Hero offer yubordi va men u offerni qabul qildim. Tabiiyki HelloFreshni cancel qildim.

Lekin framework yasashga juda qiziq qoldim. Boshqa frameworklarning codelarini o’qib chiqdim va o’zimning “o’yinchoq” frameworkimni ham yozdim. O’rgangan narsalarimni blogimda yozib bordim. Yozganlarimni esa Twitterda bo’lishib bordim. Oradan ozgina vaqt o’tib Testdriven.io platformasining egasi yozib qoldi. Blog postlarimga asoslanib bir pullik kurs qilmaysanmi dedi. 90% senga, 10% menga dedi. “Oldik ” dedim. Bir oy ichida kurs qildik. Men yozardim, u tekshirardi. Ommaga e’lon qildik. 1 kun ichida $1000 olib kelgandi boshida. Yozib bo’lganimga 2.5 yilcha bo’lib qoldi. Shu kurs olib kelgan pullarga Tesla oldim haftada bir ovqat zakaz qilib turaman. Lekin baribir qiziq tajriba. Maslahat beraman.