Get Mystery Box with random crypto!

Jomboy tumani hokimligi

Telegram kanalining logotibi jomboyhokimi — Jomboy tumani hokimligi J
Telegram kanalining logotibi jomboyhokimi — Jomboy tumani hokimligi
Kanal manzili: @jomboyhokimi
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 5.47K
Kanalning ta’rifi

Jomboy tumani hokimligi rasmiy telegram sahifasi
🌐 www.jomboy.uz
☞ https://www.facebook.com/jomboyhokimligi
☞ https://www.facebook.com/jomboypress
☞ https://www.instagram.com/jomboy_axborot_xizmati
📞 @publitsistbot
🤝 @jomboytongi
🤝 @jomboy_uz

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

3

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-30 17:42:46
Obod bo‘layotgan manzillar

Tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan qishloq ichki yo‘llarini ta’mirlash ishlari davom ettirilmoqda.

Mustqailligimizning 31 yilligi arafasida G‘azira mahallasining Shakar qishlog‘i yo‘liga asfalt yotqizildi. Ushbu maqsad uchun 360 million so‘m yo‘naltirilgan.

Shuningdek, Shayman qishlog‘i ichki ko‘chalari ham obod bo‘lmoqda.
1.4K views14:42
Ochish/sharhlash
2022-08-30 17:30:28
“Samarqand suv ta’minot” tuman filiali mutasaddilari tomonidan Katta qishloq mahallasida amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi rejalar mavzuida aholiga hisobot berildi.

Ulaning va ulashing:
Veb-sayt | Facebook | Telegram | Instagram
1.4K viewsedited  14:30
Ochish/sharhlash
2022-08-30 13:37:54
Birinchi sektor shtabida tuman hokimining navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi.

Tadbirda 30 nafardan ortiq aholi ishtirok etib, yo‘l ta’miri, elektr ta’minoti, moddiy yordam, imtiyozli kredit ajratish mavzularida murojaatlar tushdi.

Fuqarolarni qiynab kelayotgan har bir masala batafsil o‘rganilishi yuzasidan mas’ullar biriktirildi.

Ulaning va ulashing:
Veb-sayt | Facebook | Telegram | Instagram
1.9K viewsedited  10:37
Ochish/sharhlash
2022-08-30 13:19:35
“Mahalla” fondining bayram sovg‘asi bolajonlarga yetkazildi

“Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi tashabbusi bilan hududlarda “Yangi O‘zbekistonda el aziz,inson aziz” bosh g‘oyasini ifoda etuvchi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Tumanimizda o‘tgan tadbirda ijtimoiy himoyaga muhtoj, ehtiyojmand yurtdoshlarimiz ishtirok etishdi. Uchrashuv so‘ngida 15 nafar kam ta’minlangan oila farzandlariga maktab formasi topshirildi.

Hafiza O‘SAROVA.

Ulaning va ulashing:
Veb-sayt | Facebook | Telegram | Instagram
2.0K views10:19
Ochish/sharhlash
2022-08-30 11:06:05
Zubaydullo Xolmatov: Barcha jomboylik yoshlarni “Besh tashabbus olimpiadasi”ning yangi mavsumida faol ishtirok etishga chaqiramiz

Ulaning va ulashing:
Veb-sayt | Facebook | Telegram | Instagram
2.7K viewsedited  08:06
Ochish/sharhlash
2022-08-30 09:58:11
“Jomboy tongi” gazetasining 32-sonida (30.08.2022-y.) o‘qing:

Davlat xizmatchisidan halollik talab etiladi;

Yetti oyda 2626 nafar chaqaloq dunyoga keldi;

Ta’limda javobsiz qolayotgan savollar ko‘p;

Yetakchilar faoliyati o‘rganilmoqda.

Ulaning va ulashing:
Veb-sayt | Facebook | Telegram | Instagram
2.1K viewsedited  06:58
Ochish/sharhlash
2022-08-30 09:36:41
Bayram shukuhi

Ulaning va ulashing:

Veb-sayt | Facebook | Telegram | Instagram
2.1K viewsedited  06:36
Ochish/sharhlash
2022-08-29 21:20:55
Xushxabar

“O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yilligi munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Prezident farmoniga ko‘ra, Jomboy tuman ichki ishlar bo‘limi katta tezkor vakili Bahodir Mo‘minov “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.

Ulaning va ulashing:
Veb-sayt | Facebook | Telegram | Instagram
3.0K viewsedited  18:20
Ochish/sharhlash
2022-08-29 19:29:49
Mustaqilligimizning 31 yilligi munosabati bilan tuman hokimligi va “Amin invest international” qo‘shma korxonasi hamkorligida maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanayotgan bolajonlarga bayram sovg‘alari tarqatildi.

Ulaning va ulashing:
Veb-sayt | Facebook | Telegram | Instagram
2.5K views16:29
Ochish/sharhlash
2022-08-29 17:44:42
Davlat xizmati jozibador bo‘ladi

“Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonun mazmun-mohiyati yuzasidan seminar o‘tkazildi.

Tadbirda hokimlik boshqaruv apparati xodimlari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollari ishtirok etdi.

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyat filiali bosh inspektori Sh.Xoliqulov xizmatchilar faoliyatini takomillashtirishda qonun hujjatining ahamiyatiga to‘xtaldi. Yangi tartibga ko‘ra, berilayotgan imtiyozlar, huquq va majburiyatlar, cheklovlar va vakolatlar to‘g‘risida tushuncha berdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Ulaning va ulashing:
Veb-sayt | Facebook | Telegram | Instagram
2.6K views14:44
Ochish/sharhlash