Get Mystery Box with random crypto!

​ Forbes Pavel Durovni BAAning eng boy odami deya eʼtirof etd | O‘zbek-Hind AT markazi

Forbes Pavel Durovni BAAning eng boy odami deya eʼtirof etdi

Forbes jurnalida milliarderlarning yangi roʻyxati eʼlon qilindi, unda Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov Birlashgan Arab Amirliklarining eng boy odami sifatida tan olingan. Durov asli rossiyalikku, degan savol tugʻilishi mumkin. Eslatib oʻtamiz, ayni damda milliarder BAA (Dubay)da yashaydi va Rossiyaga qaytib borish niyati yoʻqligini bildirgan.

Agar u jurnalda rossiyalik millarderlar roʻyxatiga kiritilganda, u roʻyxatdan toʻqqizinchi oʻrinni olgan boʻlardi.

Durovning mol-mulki 17,2 milliard AQSH dollari miqdorida baholanmoqda, bu esa oʻtgan yilgi koʻrsatkichdan 13,8 milliardga koʻproq. Maʼlum boʻlishicha, u BAAning eng boy odami Yusuff Alidan 12,4 milliard dollarga boyroq.

Pavel aka singari dasturlashga qiziquvchilar uchun markazimiz eshiklari hamisha ochiq.

Markazimizda onlayn kurslar ham yo'lga qo'yilgan.

Kurslar haqida batafsil ma'lumot uchun link uicit.uz/courses

+998 (71) 238 65 24

Telegram | TikTok | Instagram | Facebook | Sayt