Get Mystery Box with random crypto!

​ Karantin davrida mashhur bo‘lgan kalit so‘zlar • 2020-yil | O‘zbek-Hind AT markazi

Karantin davrida mashhur bo‘lgan kalit so‘zlar

• 2020-yil natijalariga ko‘ra, oddiy raqamlar ketma-ketligi asosida tuzilgan kalit so‘zlar (123456, 123456789, 000000) Top 10 talikka kirdi. Bundan tashqari, lotin alifbosida yozilgan “asdasd” va “asdfghjkl”, shuningdek, kirill alifbosidagi “марина” so‘zi ilk bor topdan o‘rin oldi. Bu haqda DLBI maʼlumotlar tarqalishi bo‘yicha razvedka xizmatining tadqiqotlarida aytilgan.

Birinchi o‘rinni “123456” egalladi. O‘tgan yillarda topda bo‘lgan “qwerty” asosidagi kalit so‘zlar karantin davridagi topga kirmagan, ammo ular faqat harflardan tashkil topgan kalit so‘zlar orasida birinchilikda turibdi.

Tadqiqotda ingliz tilidagi “password”, “iloveyou”, “dragon” va “monkey” kabi so‘zlar ham mashhur bo‘lgani aytilgan. Qizig‘i, 2020-yilda koronavirusga oid kalit so‘zlar paydo bo‘ldi: “covid19”, “корона”, “epidemic”, “COVID19_Access”, “pandemic”, “coronavirus” va boshqalar.

Agar siz kalit so‘zlardan foydalansangiz va maʼlumotlaringiz, akkauntlaringiz o‘zingiz uchun muhim bo‘lsa, ularni imkon qadar murakkabrog‘iga almashtirishni tavsiya qilamiz.

Telegram | TikTok | Instagram | Facebook | Sayt