Get Mystery Box with random crypto!

​ UX va UI dizayn o‘zi nima? IT sohasidagi TOP yo‘nalishlard | O‘zbek-Hind AT markazi

UX va UI dizayn o‘zi nima?

IT sohasidagi TOP yo‘nalishlardan bo‘lmish ushbu sohalar haqida nimalarni bilasiz?

UX dizayn — ingliz tilida User Experienсe, ya’ni foydalanuvchi tajribasi degan ma’noni anglatadi. IT-mahsulotlar (veb-saytlar, mobil ilovalar, dashboard'lar)ning suyagi, asosi hisoblanadi. UX dizayner foydalanuvchilarning xohish-istaklarini tahlil qiladi va ularga qulay bo‘lgan dizayn asosini chizadi.

UI dizayn — ingliz tilida User Interfaсe, ya’ni foydalanuvchi interfeysi degan ma’noni anglatadi. IT mahsulotlarning ko‘rinishini yaratadi, uning chiroyliligini ta’minlaydi. Bu did bilan tanlangan ranglar, shriftlar (fonts), ikonkalar va boshqa dizayn elementlaridan foydalangan holda mahsulotni bezatishni anglatadi.

UX/UI dizaynerlariga bo‘lgan talablar O‘zbekistonda ham, jahonda ham yuqori hisoblanadi. IT-mahsulotlarning soni oshgani sayin, bu sohaga bo‘lgan talab oshsa oshadiki, aslo kamaymaydi!

+998 (71) 238 65 24

Telegram | TikTok | Instagram | Facebook | Sayt