Get Mystery Box with random crypto!

Nega biz qo'rqoqmiz? Hammasi tarbiyaga bog'liq. Chunki, yoshli | Jakhongir's blog

Nega biz qo'rqoqmiz? Hammasi tarbiyaga bog'liq. Chunki, yoshlikdan uyimizda qo'rqib katta bo'lamiz. Bizni qo'rqitib tarbiya qilishadi. Bunga misollar ko'p: jim, ana, do'xtir keldi, jim bo'lmasa jo'giga berib yuboraman, jim milisaga beraman, va hokazo. Maktabda ham "duximiz"ni olishadi. Xato qilsak, kaltak, tazyiq... Xato gapirsak, fikrimiz xatoligi uchun gap eshitamiz. Natijada, fikr aytishga qo'rqib qolamiz. Davlat ham qo'rqitib boshqarishni afzal ko'radi. Bizda qonunni hurmat qilishni emas, qonundan qo'rqishni o'rgatishadi. Qo'rqsa, hurmat qiladi, konsepsiyasiga yopishib olishgan bizda kuch ishlatar tizimlari. Xullas, hammasini oiladan boshlash kerak. Yoshlikdan farzandni qo'rqitmasdan, qonunlarni hurmat qilishga o'rgatishimiz zarur. Aks holda bir umr qo'rqoq millat bo'lib yuraveramiz.

Kanalga obuna bo'lishni unutmang
https://t.me/joinchat/AAAAAFPm8e3SMUBlASB-0g