Get Mystery Box with random crypto!

​​G'arbda asosan 25-30 yosh atrofida turmush qurishlari haqida | Jakhongir's blog

​​G'arbda asosan 25-30 yosh atrofida turmush qurishlari haqidagi faktlarga ilk bor duch kelganimda, men ham hayron qolganman.

Xuddi shu g'arb, istalgan jabhada bizdan yuzyillar oldinda. Bu esa, turmush masalasida bugun bizda bo'layotgan muammolar yuz yil oldin ularda ham xuddi biz kabi bo'lganini anglatadi.

Endi savol: Men yillar davomida sayqallanib, nisbatan ko'pchilik ma'qullagan tendensiyaga ishonaymi, yoki... kecha "ta'mini totib" ko'rib, bugun qizlarni aynigan qulupnayga o'xshatayotganlargami?

Eng yaqin opalarimdan biri maktabni bitirishi bilanoq radikal otasining qistovidan keyin, erta turmush qurib, nogiron bola tuqqani yetmaganidek, shu sabab bilan ajrashgani haqida o'ylab turib, men bu videodagi mullaakaga qanday xotirjam reaksiya qilishim mumkin?

Bir vaqtlar birga ishlagan opam, bakalavr tugatib, Londonda magistr o'qib, 26 yoshida turmushga chiqib, bugun juda baxtli yashayotgani haqida o'ylab, videodagi fikrlarni qaysi mantiq bilan gapirdi deb hayron qolyapman.

Videoda yana juda sayoz fikrlar aks etgan. Yosh nisbiy. Bugun sizga 16 yoshli qiz yoqsa, 10 yildan keyin u yoqmay qoladi. Chunki siz uni 16 yosh bo'lgani uchun xohlagansiz. Ajrim keskin ortayotganini sababchilaridan birisiz aslida.

Karyera ham muhim. Siz hayotga bog'lab qo'yilmagansiz. O'lim haq. Xudo ko'rsatmasin bir qizni jufti halol qilganingizdan keyin, o'lib ketsangiz, farzandlaringizni anovi 16 yoshli churvaqa boqa olmaydi. 27 yoshlisi esa, hatto bir o'zi ham ota, ham ona bo'la oladi. Bu bir misol xolos.

Va asosiysi, siz nega yoshdan qayg'uryapsiz? O'qisa yoki karyera qilsa buzilib ketadimi? Adashmasam, "Poklar — poklar uchun" edi. Yoki siz o'zingizga ishonmaysizmi?