Get Mystery Box with random crypto!

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti ilmiy xodimlari F | JIZZAX VILOYATI PEDAGOGIKA MARKAZI

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti ilmiy xodimlari Finlandiyaga stajirovkaga yuboriladi

Jahon miqyosidagi ta'lim sohasida kechayotgan eng so'nggi innovatsiyalar va tendensiyalardan xabardor bo'lish, ularni milliy ta'lim tizimini rivojlantirish yo'lida puxta o'rganish nihoyatda muhim hisoblanadi.

Bu borada, A.Avloniy milliy-tadqiqot instituti rahbariyati ham ilmiy izlanuvchilar uchun Finladiyaga xizmat safarlarini tashkil etish bo'yicha Finlyandiyaning O'zbekistondagi faxriy konsuli Alisher Jo'rayev ishtirokida uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuvda A.Avloniy milliy-tadqiqot instituti ilmiy xodimlari va hududiy milliy ta'lim markazlarining professor-o'qituvchilari uchun maktab boshqaruv tizimi, liderlik qobiliyatlari, pedagoglarning uzluksiz kasbiy rivojlanish kompetentsiyalari yo'nalishlarida Finlandiyada stajirovkalarni amalga oshirishni kelishib olish borasida fikr almashildi.

Institutning rasmiy sahifalarini kuzatib boring
Telegram |Facebook |Website| YouTube |Instagram