Get Mystery Box with random crypto!

Javoxir's blog

Telegram kanalining logotibi javoxirs_blog — Javoxir's blog J
Telegram kanalining logotibi javoxirs_blog — Javoxir's blog
Kanal manzili: @javoxirs_blog
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 42

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2023-03-31 21:21:08 Bir omonat gap aytaman.

#Yasrefiy

@javoxirs_blog
46 viewsedited  18:21
Ochish/sharhlash
2023-03-30 03:43:35 #ozodbek_SK

Dear weather. Please don't be so romantic. We're still single.

@javoxirs_blog
21 views00:43
Ochish/sharhlash
2023-03-29 18:08:50 #advice #dôstimga

Yaxshilik sen yaxshi deb bilganingda emas, Alloh yaxshi deb bilganida!

Quraysh ahli ishiga boq. Mag‘lub bo‘lgach mardlarcha: «Sen oliyjanob birodar va oliyjanob birodarning o‘g‘lisan», dedi, oqibatda «Boraveringlar, sizlar ozodsizlar», so‘zini eshitdi.

Do‘stim, ba’zida kishi Abu Sufyondek «sinmagunicha» hidoyat topmaydi.

Ba’zan kishi boshiga tushgan musibat hidoyat yo‘lini to‘sib qo‘ygan pardani yirtib tashlaydi. Jismiga o‘rnashgan dard qalbiga davo bo‘ladi.
Tanasi sog‘ayib, qalbi xastaligicha qolishning oxiratda ne qiymati bor!?
Bir tanishim aytyapti: «Covid-19 bilan xastalanib kasalxonaga yotdim. Ahvolim juda og‘ir edi. Ertalab badantarbiya, muolaja va yaxshi taomlar bilan davolana boshladim. Ayrim Qur’on oyatlarining ma’nolarini o’zbekcha tarjimasida o‘qidim. Qarasam, boshqa qiladigan ishim ham yo q. Kasalxonadan chiqqunimcha Qur’onning ma’nolar tarjimasini boshidan oxirigacha o‘qib qo‘ydim».

Alloh bemor qalblarimizga komil shifo bersin!
Shayx Yosin ibn Yusuf Marokashiy Shom qishloqlaridan birida bir bolakayni uchratib qoldi. Boshqa bolalar u bilan o‘ynashni yoqtirmas, uni oralariga qo‘shishmas edi. U esa ulardan qochib yig‘lab-yig‘lab Qur’on o‘qir edi. Shayx Marokashiyning qalbida bolaga nisbatan muhabbat paydo bo‘ldi. Uni ortidan kuzatib uyigacha bordi. Shayx bolaning otasi uni do‘konga ishlash uchun olib borishini, u esa oldi-sotdi qilish o‘rniga Qur’on qiroati bilan band bo‘lishini ko‘rdi. Shunda bolakayning ustozi oldiga bordi-da, unga maslahatlar berib shunday dedi: «Ehtimol, bu bola obid va zohidlardan bo‘lar».

Haqiqatda, ushbu bolakay ulg‘aygach rabboniy olimlardan bo‘ldi. Ko‘p kitoblar yozdi. 45 yoshida vafot etdi. O‘zidan keyingi barcha ulamolar uning ilmi va go‘zal axloqiga guvohlik berdi. Kitoblari millionlab musulmonlarning xonadoniga kirib bordi. Dunyoga Imom Navaviy nomi ila tanildi!

Bizga fursatlar eshigini ochib qo‘ygan, zararimizga deb o‘ylagan ishlarni foydamizga hal qiladigan Zot naqadar Latiyf va Hakiym!

@javoxirs_blog
23 views15:08
Ochish/sharhlash
2023-03-28 21:22:03 Guys, Here is my channel
If you are insterested , you can join here.

I will do my best to help you in English, if you have a question, Let me know...



@English_javoxir


19 viewsedited  18:22
Ochish/sharhlash
2023-03-26 21:50:32
Akalar ahvol chatoq...

Eh bizni darajamiz qanday ekana, biz nimalar bilan mashg'ulmiz:

Instagram: Videolar ko'rish
O'yinlar: Pubg, Pes,Counter
Telegram: behuda o'tirish

Ehh, o'zingni Ro'za tutyapmanku, tarovehga chiqyapmanku deb ovutib , o'tirma. Boshqa sen tengilarga qara(Tan ol sendan kichkinalar ham yaxshiku), nimalar qilayapti Qur'ondan qancha o'qiyapti , vaqtini sanga o'xshab behuda sarflayaptimi...

Hop, Qur'on o'qishni bilmassan, O'rgan yotvolib bahona qilmasdan, Allohni sendan ko'ra suyukliroq bandasi bo'lishini qizg'onmisanmi? Allohni eng suyukli bandasi bo'lishiga intil.

Hech qachon o'zingdan qoniqma, O'zingdan qoniqgan kuning yutqazding degani manimcha. Bahonalar qilishdan toxta endi qachongacha davom etadi bular, yosh bola emasankh o'zingni boshqara olmagani.

Ramazondasan, Yaxshi odatlaringni shakillantir , kichkinasidan boshla muhimi davomiy bo'lsin...


P/s: Bular aslida o'zimga eng kerakli gaplar edi...


@javoxirs_blog
51 viewsedited  18:50
Ochish/sharhlash
2023-03-25 22:11:12 Gapirmasam bo'lmasidi...

Ora-orada instagramga kirib turaman, shu ramazon boshlangandan beri kirsam ba'zilarni story larida "Taroveh" yoki kimgadur "Ehson" qilgani turibdi. Eh, bu nimasi Amallar kim bo'lishini esingdan chiqardingmi. Riyo qilib qo'ymayapsanmi. Balkim Riyo nimaligini bilmasdan, qilgandursan , kel tushuntirishga harakat qilay...

Alloh taolo munofiqlar haqida xabar bera turib: «Insonlarga riyo qiladilar», deydi. Ya'ni, ularning namoz o‘qishdan ko‘zlagan maqsadlari - Allohning yuzi emas, balki odamlar ko‘rib, eshitishlari - xo‘jako‘rsin uchundir.

Namozlarini «unutib» qo‘yadigan «namozxon»larga vayl bo‘lsin» (Mo'un surasi, 4-oyat). Namozlariga beparvo, yengiltaklik qilib uni o‘z vaqtidan kechiktirib o‘qiydigan kimsalarga halokat, azob bo‘lsin. «... ular riyokorlik qiladigan kimsalardir». Ular odamlar ko‘z o‘ngida «solih» deb aytishlari uchun namoz o‘qiydilar, «taqvodor» deb nom qozonish uchun xushu'li va huzu'li bo‘lib ko‘rinadilar va «saxiy» degan nom olish uchun ehson-sadaqa qiladilar. Ularning har bir amallari riyo va nom qozonish uchundir.

«Ey mo‘minlar, molini odamlarga ko‘rsatish uchun beradigan, Allohga va oxirat kuniga ishonmaydigan kimsaga o‘xshab, bergan sadaqalaringizni minnat va ozor bilan yo‘qqa chiqarmang...» (Baqara surasi, 264).
Ya'ni, riyokor riyo qilgani sababli infoq-ehsonlarini yo‘qqa chiqargani singari, sizlar ham minnat va ozor bilan qilgan sadaqotlaringiz ajridan mahrum bo‘lib qolmang, deyilmoqda.


«Bas, kim Parvardigoriga ro‘baro‘ bo‘lishidan umidvor bo‘lsa, u holda yaxshi amal qilsin va Parvardigoriga bandalik qilishda (riyokorlik bilan) biron kimsani (Unga) sherik qilmasin! (Ya'ni, qiladigan barcha amallarini Yolg‘iz Alloh uchun qilsin)» (Kahf surasi, 110).


Endi tushungandursan, Qara sani Kimgadur yaxshilik qilayotganingda "hamma" bilishi shart emas ( hamma narsa niyatga bog'liq ). Instagramda "Namoz" ga chiqganingni qoyishingni keragi yo'q manimcha, hech kim qiziqmaydi ham , U faqat o'zing uchun kerak. Iltimos, tushun hamma narsani ham insonlarga ko'rsatish kerak emas...

•Source


Amallar niyatga bog'liqdir

#thoughts #Long_read


@javoxirs_blog
46 viewsedited  19:11
Ochish/sharhlash
2023-03-25 12:46:34
Ehh, Indamasdan so'kamiz ...
42 views09:46
Ochish/sharhlash
2023-03-25 10:30:43
- Ramazon oyida 10000 kunlik ro’za ajriga ega bo’lish imkoniyati… Nabiy Sollalohu a’layhi vasalam: “Kim ro’zadorga iftor qilib bersa, unga uning ajricha ajr bo'ladi. Shu bilan birga, ro'zadorning ajridan xech narsa kam bo'lmaydi” dedilar. Mana shunday ulkan…
43 viewsedited  07:30
Ochish/sharhlash
2023-03-25 10:24:45 #Odiljon_M

So‘kinib gapirish "aftoritet" emas!

*So‘kinish - gunoh!

@javoxirs_blog
44 views07:24
Ochish/sharhlash
2023-03-25 04:10:04 - Ramazon oyida 10000 kunlik roza ajriga ega bo’lish imkoniyati…

Nabiy Sollalohu a’layhi vasalam: “Kim ro’zadorga iftor qilib bersa, unga uning ajricha ajr bo'ladi. Shu bilan birga, ro'zadorning ajridan xech narsa kam bo'lmaydi” dedilar.

Mana shunday ulkan ajrlarga erishish niyyatida biz, sizlar bilan ushbu Muborak Ramazon oyida #ramazonda_10000_iftorlik challangi ostida 10 ming ro’zadorga iftorlik tarqatishni maqsad qildik.

Bunda, iftor vaqtiga yaqin ko’chadagi birodarlarimizga iftorlik uchun suv va xurmolar tarqatish reja qilingan.

- Siz ham bizning karvonimizga qo’shiling, bir oylik Ramazonda imkoningiz boricha ko’proq ro’zani ajriga ega bo’ling.

Ehson qilish uchun:
8600300465685015 AJ

Payg’ambarimiz Muhammad Mustafo Sallollohu a’layhi vasallam:
‘’Kim bir yaxshilikka birovni yo’llab qo’ysa, unga o’sha ishni qilganlik ajri bor", deganlar.                             

Imkoningiz bo'lsa, hissa qo’shing. Bo'lmasa, mana shu e'lonni tarqating. Ko'proq insonlarga yetkazing. Yaxshilikka yo'llab, ajriga ega bo'ling.
Ammo, aslo befarq bo'lmang.

@anvarovsblog
35 views01:10
Ochish/sharhlash