Get Mystery Box with random crypto!

Akalar ahvol chatoq... Eh bizni darajamiz qanday ekana, biz n | Javoxir's blog

Akalar ahvol chatoq...

Eh bizni darajamiz qanday ekana, biz nimalar bilan mashg'ulmiz:

Instagram: Videolar ko'rish
O'yinlar: Pubg, Pes,Counter
Telegram: behuda o'tirish

Ehh, o'zingni Ro'za tutyapmanku, tarovehga chiqyapmanku deb ovutib , o'tirma. Boshqa sen tengilarga qara(Tan ol sendan kichkinalar ham yaxshiku), nimalar qilayapti Qur'ondan qancha o'qiyapti , vaqtini sanga o'xshab behuda sarflayaptimi...

Hop, Qur'on o'qishni bilmassan, O'rgan yotvolib bahona qilmasdan, Allohni sendan ko'ra suyukliroq bandasi bo'lishini qizg'onmisanmi? Allohni eng suyukli bandasi bo'lishiga intil.

Hech qachon o'zingdan qoniqma, O'zingdan qoniqgan kuning yutqazding degani manimcha. Bahonalar qilishdan toxta endi qachongacha davom etadi bular, yosh bola emasankh o'zingni boshqara olmagani.

Ramazondasan, Yaxshi odatlaringni shakillantir , kichkinasidan boshla muhimi davomiy bo'lsin...


P/s: Bular aslida o'zimga eng kerakli gaplar edi...


@javoxirs_blog