2022-10-07 17:39:06
Aliy ibn Abi Tolib roziyallohu anhu dedi:
Odamlar uch xil boʻladi:
1- Rabboniy olim.
2- Najot topish maqsadida ilm oʻrganuvchi.
3- Toʻgʻri kelgan odamga ergashib ketaveradigan, shamol qayoqqa essa oʻsha yoqqa moyil boʻladigan goʻl odam.
— Ilm mol-dunyodan yaxshidir, ilm seni qoʻriqlaydi, mol-dunyoni esa sen qoʻriqlaysan.
— Ilm ishlatish bilan ziyoda boʻladi, boylik esa kamayadi.
— Ilm oʻz sohibini tirikligida toat-ibodatga, oʻlimidan soʻng yaxshilik bilan tilga olinishga yetkazadi. Mol-dunyo sababli vujudga kelib turgan narsalar mol-dunyo yoʻqolishi bilan yoʻqolib ketadi.
— Mol-dunyoni bosib yotuvchilar tiriklay oʻlgan kimsalardir, olimlar esa zamon turguncha boqiydirlar, jismlari ma'dum, vasflari dillarda mavjuddir.
@Жаннатимсиз
4.1K views𝐒𝐚𝐫𝐝𝐨𝐫 , 14:39