Get Mystery Box with random crypto!

Jamshid Kholikulov

Telegram kanalining logotibi jamshidsdesign — Jamshid Kholikulov J
Telegram kanalining logotibi jamshidsdesign — Jamshid Kholikulov
Kanal manzili: @jamshidsdesign
Toifalar: Dizayn
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 261
Kanalning ta’rifi

CEO & Owner @fidostudio
Contact: @xjamshid

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-06-07 10:04:11
Shunaqa gaplar!
282 views07:04
Ochish/sharhlash
2022-06-03 19:45:56
5 ta eng ommabop shriftda, ya’ni Times New Roman, Helvetica, Arial va San Fransisco, Roboto shriftlarida qanday ko’rinishini tayyorlash kerak, o’ylimanki shunda amaliyotdagi ko’rinishi paydo bo’lar edi.

P.S. Symbol juda yomon emas. Bundan yomon bo’lishi ham mumkin edi.
387 views16:45
Ochish/sharhlash
2022-05-28 15:34:33
Bozordan ajoyib Namangan shaftolilaridan oldim. Shirin, tavsiya qilaman.
413 views12:34
Ochish/sharhlash
2022-05-27 14:09:08
Shu yerda qoldiraman!
390 views11:09
Ochish/sharhlash
2022-05-11 09:02:44 Kecha O’zbekkosmos agentligi rahbari Shuxrat Qodirov SpaceX kompaniyasi bilan Starlink loyihasini O’zbekistonda rivojlantirishga taklif qilibdi. O’ylimanki bu ajoyib yangilik, lekin meni bir savol o’ylantirmoqda. Yaqinda Elon Musk Twitterni sotib olmoqda, agar O’zbekiston region sifatida proekt uchun qiziq bo’lganda ham ayrim faktlar bizni mamlakatimiz internet va aloqaga qanaqa darajada yondashishini tushunsa bo’ladi.

Bu vaziyatda menda shunday tasavvur hosil bo’lmoqda, mamlakatda davlatni, xalqni rivojlantirish niyatidagi mansabdor shaxslar guruhi shakllangan, aynan shunga qarshi alohida komanda ham bor. Ularning maqsadi har qanday o’ziga yoqmagan harakatni faqat cheklash orqali to’xtatishga qodir.

P.S. Soundcloud xizmati qaysi odamga yoqmagan ekan? Haliyam blockda turibdi? Hech o’ylab o’yimga yetolmadim.
462 viewsedited  06:02
Ochish/sharhlash
2022-05-08 22:38:12 Markaziy parklarda paydo bo’lgan YOTO elektro samakatlarni ijaraga berish xizmatidan foydalanmoqchi bo’lib bugun 10 daqiqa harakat qildim, lekin imkoni bo’lmadi. QR scan qilish va samakat tayyor bo’ladi deb yozishgan. Lekin menda bunday bo’lmadi. Yonimda yana bir kishi xuddi menga o’xshab muommo duch keldi.

Yana sinab ko’ramiz, keyin batafsilroq yozaman.
401 viewsedited  19:38
Ochish/sharhlash
2022-05-08 18:05:19
Assalom alaykum do’stlar.

Bugun The Tashkent Files nomli filmni ko’rdim. Film Lal Bahadur Shastrining sirli o’limi haqida bo’lib, unda 1965-yil Toshkentda bo’lgan voqealar asosiy o’rinni egallaydi.

Menga ayniqsa filmning oxirgi qismi juda qattiq ta’sir qildi, ya’ni Shastrining o’limi kimlarga? Qanday maqsad uchun kerakligi haqidagi fikrlar.

Hindiston mustaqil davlat bo’lgan bo’lishiga qaramasdan shunday siyosiy va g’oyaviy ishlar amalga oshirilgan. Endi bir o’ylab ko’ring biz u vaqtda SSSR tarkibida bo’lganmiz, o’zbek xalqiga qarshi qanday siyosiy, g’oyaviy ishlar amalga oshirlganini!? Hali ochilmagan qanchadan qancha ishlar «top secret» nomi ostida turganini…

Xullas aytmoqchimanki TV da ko’ringan, OAV da chiqgan barcha ma’lumotlar ham tog’ri ekan deb ishonish shart emas. Hozirgi kunda tangani faqat old va orqa tomoni emas, yoni, tagi, ustki qismlar ham bor.

P.S. Filmda qo’shtirnoq ichidagi «Tarixchilar» haqida juda yaxshi holat tasvirlangan, o’ylimanki bizda ham bunday holat uchrab turadi.
379 viewsedited  15:05
Ochish/sharhlash
2022-05-05 10:12:44 Internet Marketing yo’nalishida yaxshi tajribasi bor mutahassislar bo’lsa commentga yozsalariz xursand bo’lardim. Bir martalik loyiha bor edi.

Oldindan rahmat!
361 views07:12
Ochish/sharhlash
2022-05-01 18:36:56 Қозоғистонликлар Мальдивга энди визасиз боради. Ўзбекистон нега орқада?

Қозоғистон ва Мальдив Республикаси ўзаро виза режимини бекор қилиш тўғрисида келишув имзоламоқда.

Мальдив қозоғистонликлар учун 36- визасиз бориш мумкин бўлган мамлакат бўлади. Яна 48та мамлакатга қозоғистонликлар ўша мамлакатга киришда виза расмийлаштириши мумкин (соддалаштирилган тартиб).

Твиттерда қозоғистонлик Яков Фёдоров деган тревелчи дўстимиз бор. Қозоқчани қийиб қўяди. Бир қарасанг, Африка саванналарида, бир қарасанг - Америка тропик ўрмонларида юрган бўлади. Аввал Яков визани қандай оларкин деб ўйлардим, ўрганиб кўрсам, у бораётган мамлакатлар қозоғистонликлар учун визасиз экан.

Масалан, ўзбекистонликлар учун ёпиқ бўлиб қолаётган қуйидаги мамлакатларга қозоқ биродарларимиз визасиз боришади:

Европада: Хорватия, Албания, Македония, Черногория (1 апрелдан 31 октябргача), Сербия;

Америка қитъасида: Куба, Бразилия, Аргентина, Колумбия;

Осиёда: Жанубия Корея, Вьетнам, Монголия ва ҳатто Гонконг.

Етиб борганда виза расмийлаштириладиган мамлакатларни санаб ўтирмадим. Европа иттифоқи ва АҚШдан бошқа деярли барча мамлакатлар бу рўйхатда.

Йўқ, айтишингиз мумкин, Қозоғистон биздан бой мамлакат, шунинг учун уларга осонроқ визасиз режимни кенгайтириш деб. Лекин биз визасиз бориш географиясида ҳатто Қирғизистондан ҳам орқадамизку. Бунисига нима дейсиз?
386 views15:36
Ochish/sharhlash
2022-04-27 10:07:52
Memfis uslubidagi piyodalar yo’lagi. (London, Southwark Street)
358 views07:07
Ochish/sharhlash