Get Mystery Box with random crypto!

G'oyalarni saqlab qolish Ba'zan xayolimizga zo'r g'oyalar kel | Jamshidbek Qayumov | Shaxsiy blog

G'oyalarni saqlab qolish

Ba'zan xayolimizga zo'r g'oyalar keladi va u haqida biroz o'ylaymiz keyin ko'pchiligini unutamiz yoki esdan chiqarib qo'yamiz. Yana oylar o'tib esimizga tushib qoladi keyin yana unutib qo'yamiz. Bir kuni qarasak o'sha ishni kimdir allaqachon boshlab yuborgan yoki yaqindagina yo'lga qo'ygan bo'ladi. Ehhh attanggg... deb qolamiz.

Bu holatlar bo'lmasligi uchun g'oyalaringizni biron joyga yozib boring, masalan telegramda "My projects" yoki g'oyalarim degan kanal ochib o'sha yerda yangi g'oyalarni yoki oldin o'ylaganlarimizni takomillashtirishimiz, qo'shimchalar qo'shishimiz yoki shartta boshlab yuborishimiz mumkin.

Yozib qo'ymasak unutishim oson bo'ladi, yozib qo'ysak doim ko'z oldimizda bo'ladi, kimdir meni g'oyamni o'g'irlabsan deb yozib qolsa mana deb skrinshotini yuborib qo'yasiz boshqa narsa deb boshingizni ham qotirmaydi keyin

Hozir youtubedan ko'radigan yoki kitobda o'qib qoladigan yaxshi narsalarimni ham aloxida kanalga yozib borishga harakat qilayabman. Menga 5 yildan keyin kerak bo'ladigan bilimni hozir o'rgansam u 5 yildan keyin aniq esimdan chiqib ketsa kerak. Lekin uni yozib qo'ysam, o'sha kanalimni ko'raverib ham esimda qoladi ham kerakli vaqti foydalanishim ehtimoli ham oshadi.

O'zi "My ..." (my -> mening) so'zi bilan boshlanadigan shaxsiy kanallar ochib qo'ysangiz, qanaqa kanal ochganingiz ham esingizda bo'ladi bo'lmasa o'sha kanalni nomini ham esdan chiqarib yuborishingiz turgan gap

@Jamshidbek_Qayumov