Get Mystery Box with random crypto!

Bu layfhakni ba'zilar bilmagani yaxshi O'zimning telefonimni | Jamshidbek Qayumov | Shaxsiy blog

Bu layfhakni ba'zilar bilmagani yaxshi

O'zimning telefonimni sotib yuborgan edim, keyin oddiyroq telefon oldim. O'sha vaqtlari ukam yangi telefon olgan edi. Ukamning yangi telefonini ishlatib turishga oldim. Unga o'zimdagi oddiy telefonni berdim.

Shunday qilib, biroz vaqtdan keyin suvga solib yangidek qilib yuvib ham oldim, tozalikka rioya qilgan yaxshida. Keyin yangi ekran qo'ydirdim. Ko'p foydalanishga to'g'ri kelgani va ko'pincha "zaryadka"ga ulangan holatda turgani uchun batareyasi semirib ketibdi. Bugun borib yangi batareya qo'ydirib keldim. Batareyasi ishib ekrani ham ozgina ko'tarilib qolgan ekan endi u joyini ham to'g'irlatsam telefon yangidek bo'ladi qoladi.

Birovdan narsa oldingizni egasiga yangidek qilib qaytaring

@Jamshidbek_Qayumov