Get Mystery Box with random crypto!

Toshkentda 'Mercedes' rusumli avtobus yonib ketdi. Holat yuzas | Jalol Murad

Toshkentda "Mercedes" rusumli avtobus yonib ketdi. Holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

Bugun, 14-dekabr kuni Toshkent shahar Sergeli tumani “Do‘stlik-1” dahasida 47-yo‘nalish bo‘yicha harakatlanayotgan “MERS” rusumli avtobusda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqdagi xabar tuman FVBga soat 15:21da kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 15:25 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 15:34 da o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida avtobusning orqa salon qismi yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda mutaxassislar tomonidan yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

@jalolmurad • Manba