Get Mystery Box with random crypto!

Ilon Mask tanlov e’lon qildi Tesla va SpaceX asoschisi Ilon M | Jalol Murad

Ilon Mask tanlov e’lon qildi

Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask Twitter'da tanlov e’lon qildi. Tanlovga ko‘ra, karbonat angidrid gazini olish va saqlash uchun eng yaxshi texnologiya ixtiro etgan odam 100 million AQSH dollarini yutib oladi.

«Uglerodni tutuvchi eng yaxshi texnologiya ixtirosiga mukofot sifatida 100 million dollar sarmoya ajrataman», dedi Mask o‘z sahifasida. Shuningdek, u taklif tafsilotlarini kelasi hafta oshkor qilishga va’da bergan.

Karbonat angidrid gazini olish va saqlash deganda, karbonat angidrid gazini sanoat va energiya manbalaridan ajratish va atmosferadan uzoq muddatli izolyasiyani o‘z ichiga olgan jarayon tushuniladi. Ushbu jarayonning maqsadi global isish va atrof-muhitning ifloslanishiga qarshi kurashdir.

Avvalroq Maskning Time jurnali talqini bo‘yicha "Yil odami" bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

@jalolmurad • Manba