Get Mystery Box with random crypto!

WTF Programming Dasturlashda “if statement” larni tahminan qu | Jakhongir Rakhmonov - IT

WTF Programming

Dasturlashda “if statement” larni tahminan quyidagicha yoziladi:


if age >= 18:
message = “You are an adult”
else:
message = “You are not an adult”


Buni qisqaroq va osonroq yozish uchun bazi bir dasturlash tillarida “ternary operator” o’ylab topilgan. Tepadagi kodni ternary operator orqali ifodalaydigan bo’lsak quyidagicha bo’ladi:


message = age >= 18 ? “You are an adult” : “You are not an adult”


Lekin buni eslab qolish sal qiyin. Qaysi biri True va qaysi biri False ligi doim hayoldan chiqib qoladi. Shuni eslab qolishning osonroq usulini o’ylab topishibdi:

WTF

Aniqroq aytadigan bo’lsak “What ? True : False”. Yani birinchi qandaydir What condition (age >= 18), undan keyin True statement (“You are an adult”) va ohiri False condition (“You are not an adult“) yoziladi.

Keyingi safar shu tartib esingizdan chiqib qolsa shu 3ta harfni eslasangiz yetarli. Uni eslash esa qiyin ish emas

Python albatta bundan istisno. Bu tilda adashish o’zi qiyin masala:


message = “You are an adult” if age >= 18 else “You are not an adult”


Hulosa qilib aytish mumkinki, Java, C++ lar - WTF, Python esa TWF.

@jakhonrakhmonov