Get Mystery Box with random crypto!

Bunga befarq emasligingizni barchaga bildiring va ularni asrab | Jakhongir Turayev | JR

Bunga befarq emasligingizni barchaga bildiring va ularni asrab qoling!

Toshkent shahridagi "VIP Brand" do'konlaridan "Osmondagi bolalar" loyiha belgisi tushirilgan futbolkalarni sotib olgan holda, oqqon (leykoz) kasalligi bilan kurashayotgan bolalarning hayotini saqlab qolishga o'z hissangizni qo'shing. Ularning hayotlariga quvonch bag'ishlashda, orzularini amalga oshirishda mehringizni ayamang!

15-maydan boshlab "VIP Brand"
do'konlaridan loyiha belgisi tushirilgan futbolkalarni xarid qila olasiz. Futbolka sotuvidan tushgan daromad bemor bolalarning dori-darmonlari va shifo topishlari uchun sarflanadi. Sizning yordamingiz bilan ularning yashashga bo'lgan ishonchlari yanada kuchayishi mumkin.

Ularning hayotlariga quvonch bag’ishlashda, orzularini amalga oshirishda mehringizni ayamang!

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalaringizga futbolka bilan birga #asrabqoling #osmondagibolalar heshteglari bilan bizni belgilashni unutmang!

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
YouTube | Instagram | Telegram | TikTok