Get Mystery Box with random crypto!

Jahon siyosati 🇺🇳

Telegram kanalining logotibi jahonsiyosati — Jahon siyosati 🇺🇳 J
Telegram kanalining logotibi jahonsiyosati — Jahon siyosati 🇺🇳
Kanal manzili: @jahonsiyosati
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 7.73K
Kanalning ta’rifi

"Tarix o'tmishdagi - siyosat, siyosat esa hozirgi tarixdir"
© Edvard Friman
Aloqa uchun: @JAHONSIYOSATIBOT
Reklama uchun 💸: @Rg_Agentlik

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

3

1 stars

0


Oxirgi xabar 14

2022-08-24 20:16:47
Yamandagi hozirgi vaziyat. (23-avgust)

Husiylar
Saudiya va ittifoqchilari tomonidan qo'llanadigan hukumat
Al-Qoida*

* terrorchi tashkilot

@JAHONSIYOSATI
5.1K views17:16
Ochish/sharhlash
2022-08-24 20:06:46
Zelenskiy: Urush biz uchun nima bilan tugaydi? Tinchlik derdik. Endi biz g'alaba bilan deymiz.

Bugun Ukraina Mustaqillik kuni.

@JAHONSIYOSATI
4.9K views17:06
Ochish/sharhlash
2022-08-24 20:01:10
Eron generali Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilganligi haqidagi animatsion video

Qosim Sulaymoniy Iroqning Bagʻdod shahrida AQShning “MQ-9” hujumkor dronidan otilgan AGM-114
raketasi bilan o‘ldirilgan. Maykl Pompeoning maʼlum qilishicha, hujum Isroil buyurtmasi asosida amalga oshirilgan.

Shu o‘rinda, Qosim Sulaymoniy Eronda Oliy rahbardan keyingi ikkinchi muhim shaxs edi. U Iroq va Suriyani IShIDdan tozalagan, 26 ta harbiy amaliyotda va Eron-Iroq urushida qatnashgan, Vladimir Putin bilan uchrashib uni Suriyadagi terrorga qarshi kurashga chaqirgan. Shundan so‘ng, Rossiya Suriyada terrorga qarshi operatsiyalar boshlagan. Shuningdek, u Al-Quds brigadasi rahbari bo‘lgan.

Al-Quds - Eron tashqi siyosatini yuritishdagi muhim vosita boʻlib, bajaradigan ish hajmi jihatidan uni AQShning Markaziy razvedka boshqarmasi va maxsus boʻlinmalari bilan qiyoslash mumkin.

@Sharqshunos_tahlilchilar

@JAHONSIYOSATI
5.0K viewsedited  17:01
Ochish/sharhlash
2022-08-24 04:24:01 Ўзбекистон экспорт/импортидаги ТОП: 10 давлатлар
Экспорт:
1. Россия – 1 530 млн.
2. Хитой – 1 507 млн.
3. Туркия – 1 024 млн.
4. Қозоғистон – 757 млн.
5. Қирғиз Р. – 529 млн.
6. Афғонистон – 415 млн.
7. Тожикистон – 257 млн.
8. Туркманистон – 133 млн.
9. Канада – 105 млн.
10. Эрон – 100 млн. АҚШ доллари

Импорт:
1. Хитой – 3,7 млрд.
2. Россия – 3,3 млрд.
3. Қозоғистон – 1,7 млрд.
4. Корея – 1,4 млрд.
5. Туркия – 965 млн.
6. Германия – 589 млн.
7. Ҳиндистон – 359 млн.
8. Туркманистон – 353 млн.
9. Бразилия – 281 млн.
10. АҚШ – 236 млн. АҚШ доллари


@JAHONSIYOSATI
5.3K views01:24
Ochish/sharhlash
2022-08-23 22:01:02
Qaddofiy va uning oltin dinori

Muammar Qaddofiy qulashidan oldin zamondoshlari tomonidan Afrika Ittifoqi rahbari etib saylangan edi. Afrikaning ishonchi bilan va Afrikadagi eng yirik neft zaxiralariga ega mamlakat rahbari sifatida Qaddofiy yangi umumafrika va umumarab valyutasini yaratishga kirishdi: mashhur oltin dinor loyihasi.

Bu valyuta Afrikaning tabiiy resurslari uchun asosiy to'lov vositasiga aylanishi va Afrikani CFA frankidan (Afrikadagi fransuz koloniyalari franki) ozod qilishi kerak edi. O'shanda 700 milliard dollar G'arb valyuta tizimidan g'oyib bo'lgan bo'lardi. Bu har doim xom ashyo sotiladigan G'arb valyutasiga qattiq tasir qilishi kerak edi.

Bu AQSh uchun qabul qilinishi mumkin emas edi, keyin esa Fransiya va Buyuk Britaniyaning yordami bilan Qaddofiyni ag'darish uchun qiziqish uyg'otdi.

Slyvain Saurel
@JAHONSIYOSATI
5.6K views19:01
Ochish/sharhlash
2022-08-23 20:18:32
#kadr

Buxoro amirligining so'nggi amiri Amir Olimxon, BXSR va O'zbekiston SSR rahbari Fayzulla Xo'jayevning noyob kadrlari.


@JAHONSIYOSATI
5.4K views17:18
Ochish/sharhlash
2022-08-23 20:09:28
O‘zbekiston va Afg‘oniston chegarasida sodir bo‘lgan voqea oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, olti kishi jarohatlandi.

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabariga koʻra, 21-avgust kuni Surxondaryo viloyatidagi Orol Paygʻambar oroli hududida bir guruh Afgʻoniston fuqarolari aniqlangan.

Ularning barchasi davlat chegarasini buzgan va qayiqlarida orolga bog‘langan.

Afg'onlar u yerda qizilmiya ildizini yig'ishgan.

Ular yetib kelgan oʻzbek chegarachilariga qarshilik koʻrsatishgan. Otishma natijasida ikki nafar Afg‘oniston fuqarosi halok bo‘lgan.

Endilikda Paygʻambar oroli hududi Oʻzbekiston Respublikasi chegara qoʻshinlarining toʻliq nazorati ostida.

Rasmiy Toshkent halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi va yaradorlarga har tomonlama yordam ko‘rsatdi.

@JAHONSIYOSATI
5.3K views17:09
Ochish/sharhlash
2022-08-22 11:19:22
Ayni vaqtdagi eng uzoq davlatni boshqarib turgan rahbarlar. (unvon)

1. Yelizavetta II (qirolicha) - 1952-yildan
2. Hassanal Bolkiah (sulton) - 1967-yildan.
3. Margarita II (qirolicha) - 1972-yildan
4. Karl XVI Gustaf (qirol) - 1973-yildan
5. Teodoro Mbasogo (prezident) - 1979-yildan
6. Paul Biya (prezident) - 1982-yildan
7. Hun Sen (bosh vazir) - 1984-yildan
8. Yoveri Museveni (qirol) - 1986-yildan
9. Msvatini III (qirol) - 1986-yildan
10. Ali Xomayniy (ayatollah) - 1989-yildan
11. Hans Adam II (shahzoda) - 1989-yildan
...
14. Imomali Rahmon (prezident) - 1992-yildan
15. Aleksandr Lukashenko (prezident) - 1994-yildan
23. Vladimir Putin (prezident) - 1999-yildan
27. R.T. Erdog'an (bosh vazir; prezident) - 2003-yildan
29. Ilhom Aliyev (prezident) - 2003-yildan

@JAHONSIYOSATI
6.2K views08:19
Ochish/sharhlash
2022-08-21 09:13:53
Khaltmaagiin Battulga - Mog'uliston prezidenti (2017-2021)

@JAHONSIYOSATI
6.4K viewsedited  06:13
Ochish/sharhlash
2022-08-21 03:29:09 Asad va Erdog'an O'zbekistonda uchrashishi mumkin.

Eronning Tasnim agentligi xabariga ko‘ra ikki davlat prezidentlari Shanxay hamkorlik tashkilotining O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan sammiti doirasida uchrashishi mumkin.

15-16 sentabr kunlari Samarqand shahrida ShHT Davlat rahbarlari kengashining 2022-yilgi yillik sammiti bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Sochiga safari chog‘ida Putin undan Shanxay uchrashuvida ishtirok etishni so‘ragani va u ham ishtirok etishi ehtimoli borligini aytgan edi.

Tasnim xabariga ko‘ra, Putin Bashar Asaddan ham Shanxay uchrashuvida ishtirok etishni so‘ragan, agar Asad uchrashuvda qatnashsa, Turkiya va Suriya prezidentlari o‘rtasida suhbat bo‘lishi mumkin.

@JAHONSIYOSATI
6.5K viewsedited  00:29
Ochish/sharhlash