Get Mystery Box with random crypto!

Jahongir Po’latov | Rasmiy Blog

Telegram kanalining logotibi jahongir_pulatov_blog — Jahongir Po’latov | Rasmiy Blog J
Telegram kanalining logotibi jahongir_pulatov_blog — Jahongir Po’latov | Rasmiy Blog
Kanal manzili: @jahongir_pulatov_blog
Toifalar: Bloglar , Psixologiya
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 5.19K
Kanalning ta’rifi

Amallar niyatga bog'liqdir.
Hamkorlik uchun: @roadtothedream_fs

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-08-28 18:15:32
Tadbirkorlik sohasida 8 yildan beri faoliyat olib borar ekanman xalqga, Vatanga va dinga ko‘plab fidoyi insonlarni ko‘rib ulardan o‘rnak oldim.
Ular orasida Ustoz Mubashshir Ahmad alohida ajralib turadilar. Bu kishini kamtar, olim, Vatan, xalq va din qayg‘usida yashaydigan inson sifatida bilaman.

Ustoz Mubashshir Ahmad marhum Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining xos shogirtlaridandir. Hayotiy va ishimizga bog‘liq masalalarda ham maslahat so‘rab borganimizda maslahatlarini ayamasdan, to‘g‘ri yo‘nalish berganlar. Ular kabi jonkuyar va samimiy insonlar juda kam.

Men Ustoz Mubashshir Ahmadni o‘zimga ustoz deb bilaman va barcha xayrli ishlarimda ularning ham hissalari katta deb hisoblayman. Chunki, juda ko‘p narsalarni ularning yozgan maqolalari, postlari va fikrlari orqali o‘rganganman.

Afsuski oxirgi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda ularning har bir gaplarini tahlil qiladigan, o‘zi javobini bilsa ham bilmaslikka olib fitna chiqarish maqsadidami savol tashlab insonlarni fikrini ikkiga bo‘ladiganlar ko‘payib qoldi. Bu insonlarga hayronman, maqsad bahs bo‘lsa uchrash, savol bo‘lsa shaxsiyda so‘ra, lekin aynan har ikki postini birida ularni alohida belgilab tegishtirib yozishi, ularning har bir gaplarini muhokama qilishi tushunarsiz adovat va qandaydir provakatsiya belgisidek tuyuldi menga.

Bu kabi insonlar avvalambor o‘zini nima xohlashini va maqsadlarini aniqlab olish kerak, chamamda. Yo‘qsa, bu harakatlari auditoriyasi oldida ham o‘zini obrosini to‘kib uyalib qoladigan holatlarga olib boradi.

Yosh uka-singillarimizga bunday provakatsiyalarga berilmaslikni, o‘zingiz shaxsan tanimagan, bilmagan inson haqida qandaydir fikr bildirilsa yoki tuhmat qilinsa, tahlil qilmasdan ergashmaslikni tavsiya qilaman.

@jahongir_pulatov_blog
2.1K viewsedited  15:15
Ochish/sharhlash
2022-08-28 04:29:58 Ochiq muloqotga barchani taklif etamiz, ayniqsa dizaynerlarni)
1.9K views01:29
Ochish/sharhlash
2022-08-28 04:29:20
Cambridge Training'da rebranding bo’yicha ochiq suhbat!

Bu safar bizda "Cambridge" o'quv markazi asoschisi Jahongir Po'latov va MA'NO Branding agentligi asoschisi Temur Sadi hamda agentlik ART direktori Zokir Xolmatov bilan birgalikda Cambridge o'quv markazi amalga oshirgan rebranding haqida ochiq suhbat bo'lib o'tadi.

28-avgust (yakshanba)
14:00
Novza filiali

Tadbirda istalgan inson ishtirok etishi mumkin. Barchani Cambridge Novza filialida kutib qolamiz.

Tel: +998787777774
1.6K views01:29
Ochish/sharhlash
2022-08-27 13:35:20 «Islom.uz порталининг йил сарҳисоби» тадбири бошланди

Фазилатли шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф раҳматуллоҳи алайҳ асос солган «Islom.uz порталининг йил сарҳисоби» тадбири бошланди.
Тақдимот маросимини islom.uz порталининг ижтимоий саҳифаларида томоша қилишингиз мумкин.



1.6K views10:35
Ochish/sharhlash
2022-08-26 19:59:37 ​​Cambridge Coin — sifatli ta'limga yangicha yondashuv! Cambridge'da ingliz tili o'quv markazlari orasida birinchi bo'lib Gibrid Ta'lim tizimi yo'lga qo'yildi. Gibrid Ta'lim tizimi doirasida Cambridge Coin loyihasi ham joriy qilinganini aytib o'tmoqchimiz.…
2.1K views16:59
Ochish/sharhlash
2022-08-26 19:59:11 ​​Cambridge Coin — sifatli ta'limga yangicha yondashuv!

Cambridge'da ingliz tili o'quv markazlari orasida birinchi bo'lib Gibrid Ta'lim tizimi yo'lga qo'yildi. Gibrid Ta'lim tizimi doirasida Cambridge Coin loyihasi ham joriy qilinganini aytib o'tmoqchimiz.

Ushbu tizim Cambridge o'quvchilarining ta'lim olish jarayoniga ijobiy ta'sir qiluvchi va ularning tezligini oshiradigan tizimdir.

Cambridge Coin tizimi haqida batafsil ma'lumotlarni video orqali bilib oling.

Sifatli ta'lim, kuchli o'qitish tizimi va IT platformasi mujassam bo'lgan Cambridge'da hoziroq ta'lim olishni boshlang!

Cambridge o'quv markazida ta'lim olish

Tel: +998787777774
1.7K views16:59
Ochish/sharhlash
2022-08-26 10:42:14
"...Аллоҳ эҳсон қилувчиларни яхши кўради"

Жаҳонгир 2 ёшда. Ташхис: лейкоз (оққон) ва иккала кўзида ўсимта аниқланган. Улар олиб ташланмаса, бола ҳаёти учун хавфли. Керакли маблағ 70 миллион сўм.

Uzcard карта рақами:
8600042335659719
Сулейманова Б
+998332253094

Жаҳонгирнинг оиласи ҳозирда ночор вазиятда, сизлардан бу бола соғайиб кетиши учун оз-оздан бўлса ҳам ёрдам беришингизни сўраймиз.

Қилган ёрдамингизни Аллоҳ даргоҳида қабул қилсин.
1.8K views07:42
Ochish/sharhlash
2022-08-26 09:55:06
“Eng sharafli ummat”

Sharafimizni anglatuvchi, kimligimizni eslatuvchi, bizni ezgu va buyuk maqsadlar sari undovchi “Eng sharafli ummat” kitobini albatta har birimiz oʻqishimiz kerak!

Kitobning har bir bob va mavzularini diqqat bilan oʻqir ekansiz, Alloh taoloning hazrati Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamga hamda u zotning ummatlari boʻlmish sizu bizga ato etgan koʻplab imtiyozlardan, xayr-barakotlardan voqif boʻlasiz.

Umid qilamizki, bu kitob sizning Muhammadiy ummat haqidagi tushunchalaringizni yanada kengaytirib yuboradi.

Muqova — yumshoq;
Oʻlchami — 14x21.5;
Sahifa — 414 bet;
Narxi — 65.000 soʻm.

Buyurtma uchun: @qamar_delivery yoki +998998454400.

Toshkent shahri bo’ylab yetkazib berish 15.000 so’m.

Manzil: Alisher Navoiy ko'chasi, 42-uy.

@qamarbooks
1.5K views06:55
Ochish/sharhlash
2022-08-25 23:12:53
2.2K views20:12
Ochish/sharhlash