Get Mystery Box with random crypto!

Tadbirkorlik sohasida 8 yildan beri faoliyat olib borar ekanma | Jahongir Po’latov | Rasmiy Blog

Tadbirkorlik sohasida 8 yildan beri faoliyat olib borar ekanman xalqga, Vatanga va dinga ko‘plab fidoyi insonlarni ko‘rib ulardan o‘rnak oldim.
Ular orasida Ustoz Mubashshir Ahmad alohida ajralib turadilar. Bu kishini kamtar, olim, Vatan, xalq va din qayg‘usida yashaydigan inson sifatida bilaman.

Ustoz Mubashshir Ahmad marhum Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining xos shogirtlaridandir. Hayotiy va ishimizga bog‘liq masalalarda ham maslahat so‘rab borganimizda maslahatlarini ayamasdan, to‘g‘ri yo‘nalish berganlar. Ular kabi jonkuyar va samimiy insonlar juda kam.

Men Ustoz Mubashshir Ahmadni o‘zimga ustoz deb bilaman va barcha xayrli ishlarimda ularning ham hissalari katta deb hisoblayman. Chunki, juda ko‘p narsalarni ularning yozgan maqolalari, postlari va fikrlari orqali o‘rganganman.

Afsuski oxirgi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda ularning har bir gaplarini tahlil qiladigan, o‘zi javobini bilsa ham bilmaslikka olib fitna chiqarish maqsadidami savol tashlab insonlarni fikrini ikkiga bo‘ladiganlar ko‘payib qoldi. Bu insonlarga hayronman, maqsad bahs bo‘lsa uchrash, savol bo‘lsa shaxsiyda so‘ra, lekin aynan har ikki postini birida ularni alohida belgilab tegishtirib yozishi, ularning har bir gaplarini muhokama qilishi tushunarsiz adovat va qandaydir provakatsiya belgisidek tuyuldi menga.

Bu kabi insonlar avvalambor o‘zini nima xohlashini va maqsadlarini aniqlab olish kerak, chamamda. Yo‘qsa, bu harakatlari auditoriyasi oldida ham o‘zini obrosini to‘kib uyalib qoladigan holatlarga olib boradi.

Yosh uka-singillarimizga bunday provakatsiyalarga berilmaslikni, o‘zingiz shaxsan tanimagan, bilmagan inson haqida qandaydir fikr bildirilsa yoki tuhmat qilinsa, tahlil qilmasdan ergashmaslikni tavsiya qilaman.

@jahongir_pulatov_blog