Get Mystery Box with random crypto!

Dars #106 Aniq artiklning qo'llanish holatlari Ingliz tilid | World Learning Center

Dars #106 Aniq artiklning qo'llanish holatlari

Ingliz tilida aniq artikl bitta shaklga (the) ega va u qoʻllaniladigan vaziyatlar juda koʻp. Ularni tartib bilan ketma-ketlikda koʻrib chiqamiz.

Bizga ma'lumki, umumiy qoidaga koʻra tinglovchiga noma’lum boʻlgan otlar uchun noaniq artikl qoʻllanadi va noaniq artikl faqat birlikdagi sanaladigan otlar oldidan kela oladi.
I saw a boy in front of your house yesterday. (Kecha uyingiz oldida bitta bolani ko'rdim - tinglovchi, ya'ni uyni egasiga qaysi bolaligi noma'lum)
Aniq artikl esa sanaladigan birlikdagi, koʻplikdagi va sanalmaydigan otlar oldidan ular aniq (tinglovchiga ma'lum) ekanligini bildirib keladi. Demak, aniq artikl uchun otning qanday shakldaligi muhim emas.
That's the boy we met last night. (Bu biz kecha uchratgan bola - tinglovchiga ma'lum bo'lgani uchun the artikli qo'yilmoqda)
They're the boys we met last night. (Ular biz kecha uchratgan bolalar - tinglovchiga ma'lum bo'lgani uchun the artikli qo'yilmoqda)
I like the furniture in your room. It is beautiful. (Xonangizdagi mebel menga yoqdi - ikkala shaxs ham xonada va qaysi mebel nazarda tutilayotgani ma'lum)

Ikkinchi marta tilga olish - birlikdagi sanaladigan otlar nutqda birinchi marta tilga olinganda umumiy ma'noda noaniq artikl (a/an) qoʻllaniladi. Otlar ikkinchi marta va undan ortiq tilga olinganda aniq artikl (the) qoʻllaniladi, chunki endi qaysi shaxs yoki predmet nazarda tutilayotgani ma'lum bo'ladi.
Yesterday I bought a newspaper and a magazine. The magazine is in my hand but I don't know where the newspaper is.
Yesterday I saw a film. The film was good but the music was bad.

Vaziyatdan qaysi predmet yoki shaxs aniq boʻlgan holatlarda - misol uchun, biz qayerdadir turganimizda, biz nazarda tutayotgan predmetlar hamma uchun ma'lum boʻladi va ularni biz aniq artikl bilan qo'llaymiz:
(xonada) the door/the window/the floor/the light/the ceiling/the wall/the carpet etc.
(uyda) the sitting-room/ the dining-room/the kitchen/the toilet/the garden/the roof/the gate/the doorbell etc.
(shaharda) the station/the airport/ the town hall /the post office/the city-centre (the centre)

Insonlar oʻrtasida kundalik suhbatlarda ham quyidagi otlar aniq artikl bilan qoʻllaniladi:
the theatre/the cinema/the bank/the supermarket/the doctor/the dentist/the chemist's etc.

theatre/cinema/bank soʻzlari bino, tashkilot ma'nosida umumiy ma'noda kelsa, birlikda noaniq artikl yoki koʻplikda umuman artiklsiz qoʻllanishi mumkin.
Their city is far away from the capital. In fact, there isn't a cinema or a theatre there.
Tom works as a cashier in a bank.

the + noun of the + noun birikmasi orqali ifodalagan birikmalar - ingliz tilida of predlogi koʻpincha -ning qoʻshimchasi sifatida otlarda egalik, tegishlilik, predmetning qismini bildirib kelganda aniq artikl bilan kelgan birikma ishlatiladi.
The life of Queen Elizabeth II
the seventh chapter of the book
The life of Napoleon was very stormy.

Lekin yuqoridagi birikmalarni noaniq artikl ishlatilishi lozim boʻlgan a couple of/a pair of jeans/ a number of students/ a great deal of water kabi miqdorni bildiradigan birikmalardan farqlay bilish kerak.



World Learning Center
https://t.me/jahon_uquv_markazi