Get Mystery Box with random crypto!

JAHON TILLARI ™ | UzSWLU

Telegram kanalining logotibi jahon_tillari_uzswlu — JAHON TILLARI ™ | UzSWLU J
Telegram kanalining logotibi jahon_tillari_uzswlu — JAHON TILLARI ™ | UzSWLU
Kanal manzili: @jahon_tillari_uzswlu
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12.70K
Kanalning ta’rifi

●▬▬▬▬๑۩👑۩๑▬▬▬▬▬●
JAHON TILLARI ●▬▬▬▬๑۩ ۩๑▬▬▬▬▬●
• Ta'limga oid eng so'nggi xabar va yangiliklar!
📈 Reklama xizmati👇
〽️ @Qulay_Taklif
• Admin: @gentleman_uzswlu
📩 @UzSWLU_aloqabot

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 91

2022-08-31 18:50:40 ​​Qizlarimiz yigitlarga qaraganda bilimliroq

Joriy yilgi test sinovlari natijalari eʼlon qilingach, turli qiziqarli statistikalarni tahlil qilish imkoni paydo boʻldi.

Jumladan, joriy yilda abituriyentlar orasida xotin-qizlarning ulushi erkaklarga qaraganda koʻproqni tashkil etgan. YAʼni testga kirgan abituriyentlarning 571 ming 719 nafari ayollar, 502 ming 103 nafari esa erkaklar boʻlgan.

Bundan tashqari qizlarimiz toʻplagan oʻrtacha ballar ham yigitlarga qaraganda yaxshiroq natijani koʻrsatgan. Qizlar oʻrtacha 66,8 ball, yigitlar esa 63,7 ball olishgan.

Shuningdek, respublikamizning 14 ta hududining barchasida qizlarning oʻrtacha bali yigitlarnikidan balandroq boʻlgan. YAʼni faqat ayni bir hududda emas, balki yurtimizning hamma joyida qizlar yigitlarga qaraganda umumiy yaxshiroq oʻzlashtirish koʻrsatkichiga ega.

Eʼtiborli tomoni birorta hududda yigitlar oʻrtacha 70 ball toʻplay olishmagan. Lekin Buxoro (72) va Toshkent shahrida (70,8) qizlar oʻrtacha 70 balldan oshira olgan.

Eslatib oʻtaman, oʻtgan yili talabalikka qabul qilinganlarning 60 foizi xotin-qizlar boʻlgandi. Bugungi kunda barcha OTMlarda oʻqiyotgan talabalarning 47 foizini xotin-qizlar tashkil etadi.

Barchaga yuboring
@Jahon_tillari_UzSWLU
2.2K views15:50
Ochish/sharhlash
2022-08-31 16:38:48 O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlari yuzasidan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi

Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, shuningdek O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi.

Apellatsiya arizalari 6-sentabrga qadar my.dtm.uz sayti orqali (talabgorning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinadi.

Talabgor apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

Apellatsiya arizasini bergan talabgorga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

Talabgor xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va ruxsatnoma bilan Davlat test markaziga kelishi lozim.

Barchaga yuboring
@Jahon_tillari_UzSWLU
2.8K views13:38
Ochish/sharhlash
2022-08-31 14:47:01 Супер-контрактга кирганлар таълим кредити олиши мумкинми?

ЖАВОБ:
Супер-контрактга кирганлар 1-курсда, яъни супер-контракт тўланадиган йили таълим кредити ололмайди. Аммо 2-курсдан бошлаб, бемалол таълим кредити олиши мумкин.

Barchaga yuboring
@Jahon_tillari_UzSWLU
3.1K views11:47
Ochish/sharhlash
2022-08-31 10:45:32 72 563 nafar abituriyent test sinovlariga kelmagan

Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga joriy yilgi kirish test sinovlarida 1 074 181 nafar abituriyent ishtirok etgan. Roʻyxatdan oʻtgan 72 563 nafari esa ishtirok etmagan.

Abituriyentlarning 187 nafari hududga kirishda, 249 nafari test sinovi jarayonida tartib-qoidani buzganligi uchun test sinovlaridan chetlashtirilgan.

Chetlashtirish holatlarining aksariyati taqiqlangan vositalar, jumladan telefon va shpargalka olib kirish yoki olib kirishga urinish bilan bogʻliq.

Abituriyent oʻrniga boshqa shaxslarning kirishiga urinish holatlari ham aniqlangan.

Eng kam qoidabuzarlik holatlari Sirdaryo viloyati (2 ta) va Qoraqalpogʻiston Respublikasida (4 ta) kuzatilgan.

Barchaga yuboring
@Jahon_tillari_UzSWLU
1.3K views07:45
Ochish/sharhlash
2022-08-31 07:39:46 2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida:

davlat granti asosida o‘rtacha ball — 121,2 ballni;

to‘lov-kontrakt asosida o‘rtacha ball — 95,9 ballni tashkil etdi.

Bir paytlar 180-190 ball bilan ham o‘qishga kira olmagan yoki kontrakt kirganlarga buni ko‘rish juda og‘ir botsa kerak :)

Barchaga yuboring
@Jahon_tillari_UzSWLU
2.5K views04:39
Ochish/sharhlash
2022-08-30 18:47:02 2022-yil 5-sentabrdan boshlab barcha bosqich talabalari (bakalavr, magistr, superkontrakt) to‘lov-shartnomani onlayn yuklab, to‘lovni amalga oshirishlari mumkin. Buning uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining kontrakt.edu.uz platformasidan foydalangan holda shartnomani yuklab olish talab etiladi.

Barchaga yuboring
@Jahon_tillari_UzSWLU
4.0K views15:47
Ochish/sharhlash
2022-08-30 15:44:02 Talabalarga uyini ijaraga bergan shaxslar daromad solig‘i to‘lamasligi aytilgandi, shu kuchga kirdimi?

JAVOB: Ha, bu imtiyoz kuchga kirgan.

Soliq kodeksining 378-moddasi 19-1-moddasiga binoan, soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlari soliq solinmaydigan daromadlar hisoblanadi.

Boshqacha aytganda talabalarga uyini ijaraga berganlar daromad solig‘i to‘lamaydi. Talaba ham soliq to‘lamaydi.

Ma’lumot uchun: bundan tashqari yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o‘ziga, shu jumladan, ota-onasiga (qonuniy vakillariga) tegishli bo‘lmagan uyda ijarada yashaydigan talabalarga ular tomonidan to‘lanadigan oylik ijara to‘lovining 50 foizi byudjet mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

Ijara pulining 50 foizi (Toshkent shahrida 270 ming so‘mgacha, qolgan hududlarda esa BHMning 135 ming so‘mgacha) davlat OTMlarining kunduzgi ta’lim shaklida, davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan va ijara huquqi asosida yashaydigan talabalarga qoplab beriladi. Buning uchun talabalar o‘zlari o‘qib turgan OTMga murojaat qilishlari lozim.

Manba:Xushnudbek

Barchaga yuboring
@Jahon_tillari_UzSWLU
4.2K views12:44
Ochish/sharhlash
2022-08-30 11:49:01 SUPER KONTRAKTning miqdori kontrakt to‘loviga nisbatan quyidagicha belgilanadi:

1 ballgacha yetmaganda — 1,5 barobar;
1,1 balldan 2 ballgacha yetmaganda — 2 barobar;
2,1 balldan 3 ballgacha yetmaganda — 2,5 barobar;
3,1 balldan 4 ballgacha yetmaganda — 3 barobar;
kirish uchun 4 balldan ko‘p va minimal balldan (56,7) kam bo‘lmaganda — 10 barobar va undan ko‘p (yo‘nalishga qarab).

Bundan tashqari, 56,7 dan kam ball to‘plaganlar ham talaba bo‘lishi mumkin.

Bunda abituriyentlar hujjat topshirgan yo‘nalishi bo‘yicha eng yuqori SUPER KONTRAKT miqdorining 2 barobarini to‘lashi lozim.
Masalan, oshirilgan to‘lov kontrakti 10 barobar (100 mln. so‘m) bo‘lsa — 20 barobar (200 mln. so‘m) to‘lanadi.

️Eslatib o‘tamiz, oshirilgan kontrakt faqat birinchi o‘quv yili uchun to‘lanadi.

Bu o‘tgan yilgi holat bo‘licha.

Barchaga yuboring
@Jahon_tillari_UzSWLU
4.0K views08:49
Ochish/sharhlash
2022-08-30 07:49:09 Hurmatli magistr qizlar!

Hukumat qarori (447-son, 15.08.2022 y.) bilan Davlat OTMning magistratura bosqichiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan va ta’lim olayotgan xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt summasini Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

Shu sababli davlat OTMning magistratura bosqichiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan va ta’lim olayotgan talaba xotin-qizlar (talabgorlar) 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab o‘quv yili uchun to‘lov-kontraktning to‘liq summasini qoplab berish yuzasidan (tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt to‘lovlari bundan mustasno) o‘zlari ta’lim oladigan OTM rektori (filial direktori) nomiga 15-sentyabrgacha ariza bilan murojaat etishlari kerak.

Ushbu muddatdan keyin taqdim etilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

Arizalar 3 ish kunida ko‘rib chiqilib, ro‘yxat shakllantiriladi.

Barchaga yuboring
@Jahon_tillari_UzSWLU
4.1K views04:49
Ochish/sharhlash
2022-08-29 22:55:31 Davlat oliy ta'lim muassasalari magistraturaga 2022/2023 o'quv yili bo'yicha tanlov natijalari qaydnomasi

Barchaga yuboring
@Jahon_tillari_UzSWLU
4.2K views19:55
Ochish/sharhlash