Get Mystery Box with random crypto!

JAHON TILLARI ™ | UzSWLU

Telegram kanalining logotibi jahon_tillari_uzswlu — JAHON TILLARI ™ | UzSWLU J
Telegram kanalining logotibi jahon_tillari_uzswlu — JAHON TILLARI ™ | UzSWLU
Kanal manzili: @jahon_tillari_uzswlu
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12.70K
Kanalning ta’rifi

●▬▬▬▬๑۩👑۩๑▬▬▬▬▬●
JAHON TILLARI ●▬▬▬▬๑۩ ۩๑▬▬▬▬▬●
• Ta'limga oid eng so'nggi xabar va yangiliklar!
📈 Reklama xizmati👇
〽️ @Qulay_Taklif
• Admin: @gentleman_uzswlu
📩 @UzSWLU_aloqabot

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2023-06-07 06:01:56
Jahon tillari talabasimisiz ? Siz kutgan yangilik !

IELTS ZONE o’quv markazi sizga yanada yaqin !

Yozni biz bilan samarali va foydali o’tkazmoqchi bo’lsangiz, sizni yozgi kurslarda kutib qolamiz

Asoschi: Bekzod Mirahmedov

Qabul ochiq

Kursga ro‘yxatdan o‘tish uchun!

Batafsil ma'lumot:
712006822 / @uzieltszone

@ieltszone_uz
7.8K views03:01
Ochish/sharhlash
2023-06-05 08:54:51 Talaba farzandli bo'lganida OTM tomonidan unga 660.000 so'm nafaqa puli beriladi

"Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida" nizomga asosan quyidagi qoidalar belgilangan:

Ishlayotgan ayollarga, hamda ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarida, magistratura, aspirantura, klinik ordinatura, doktoranturada tahsil olayotgan ayollarga bola tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa tegishlicha ish yoki oʻqish joyidan toʻlanadi.

Talaba OTMga arizani bola tug'ilgan kunidan boshlab olti oydan kechiktirmay taqdim etadi va unga rahbariyat tomonidan belgilangan nafaqa pulini 10 kundan kechiktirmay to'lab berish majburiy hisoblanadi. Hozirgi kunda nafaqa puli miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravarini (660.000 so'mni) tashkil etadi.

Nafaqani olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:

• OTM rektori nomiga ariza;
• Pasport nusxasi;
• Tug'ilganlik haqida guvohnoma nusxasi.


Agar bolaning onasi ishlamaydigan va o‘qimaydigan hollarda nafaqa bolaning ishlaydigan yoki ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qiydigan otasi yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslarga to‘lanadi.

Talabalarga yuboring
 
@Jahon_tillari_UzSWLU
4.9K views05:54
Ochish/sharhlash
2023-06-02 16:27:49
Ayrim talabalar uchun kontrakt to‘lash muddati 10 iyungacha uzaytirildi

Bu muddat toʻlov-kontrakt jumladan, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-kurslar), oʻqishi koʻchirilgan (koʻchirib tiklangan), qayta tiklangan talabalar uchun taalluqli.

https://kun.uz/uz/19636473

Barchaga yuboring
 
@Jahon_tillari_UzSWLU
5.9K views13:27
Ochish/sharhlash
2023-06-01 20:01:40 #abituriyent2023 #live

Abituriyentlar uchun imtihon nech kun davom etadi?


Hozirgi tahminlarga ko'ra bu yil 1 mln 200 nafar abituriyentlar hujjat topshirishi mumkin va imtihon kuni 14-15 kun davom etadi. Agar abituriyentlar soni ortib ketsa imtihon kunlari shunga qarab belgilanadi.

Barchaga yuboring
 
@Jahon_tillari_UzSWLU
5.2K views17:01
Ochish/sharhlash
2023-06-01 16:04:00 ​​​#maslahat #IELTS

IELTS'dan yuqori ball olish uchun qanday tayyorlanish kerak?

Hammasini qisqa qilamiz, IELTS'dan yuqori ball olish uchun qanday tayyorgarlik kerak, xorijiy tilda ravon gaplashish uchun nima qilish kerak? Birinchi IELTS masalasi.

Tasavvur qiling, mashina boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasiga o‘qidingiz, lekin amaliyot kam bo‘ldi. Rulga o‘tirganda baribir qo‘rqasiz. Mashina hayday olmaysiz. Chunki siz faqat qoida va nazariyani o‘qidingiz. IELTS sertifikati uchun o‘qish ham haydovchilik guvohnomasiga o‘qishdek gap, ingliz tilini zo‘r bilmay turib, test yechishni o‘rganish samara bermaydi. Aksincha, mashina haydashni zo‘r bo‘lib, qoidani bilmasangiz, masalan parking masalalari boshni og‘ritadi. Buning uchun instruktor yordamida parking qilish sirlarini bilib olish kerak. IELTS'da ham tilni zo‘r bilsangizda, test yechish yo‘llarini bilmasangiz, kutilgan natijaga erishmaysiz.

Hulosa: avval tilni chuqur o‘rganing, IELTS testiga tayyorlanish qirq kunlik ish bo‘ladi, holos.

Ikkinchi masala: Xorijiy tilda ravon gapirish uchun nima qilish kerak? Ingliz tilini o‘rgatgan ustozimning aytishicha, xorijiy tilda 1200ta so‘zni bilgan odam fikrini o‘sha tilda yetkaza oladi. Rasmiy va adabiy til qoidalari bo‘yicha gapirishni istagan odam 3 mingga yaqin so‘z, o‘sha tilda ilmiy ish bilan shug‘ullanib, akademik maqolalarni o‘qimoqchi bo‘lgan odam 5 mingta so‘zni bilishi kerak. Aslida kuniga 10tadan so‘z yod olib, mustahkamlab borsangiz, uch oyda tilni o‘raganasiz.

Tilning asosi bu grammatika. Til qoidalari grammatikada, uni his eta olish uchun qunt bilan grammatikaga vaqt sarflang. U qo‘rqinchli emas. Xorijiy til grammatikasini oson o‘zlashtirish uchun siz yaxshi bilgan, katta ehtimol bilan o‘zbek tili grammatikasiga solishtirib borish kerak. Shuning uchun, ingliz tili o‘qituvchingiz o‘zbek tilini ham yaxshi bilsa, nur ustiga a’lo nur bo‘ladi. O‘zingiz ham ot, sifat, olmosh yo to‘ldiruvchi, aniqlovchi nima ekaniga qiziqing. Bu zerikarli ishdan qiziqarli olamga aylanadi.

Til o‘rganishning muhim shartlaridan biri muntazam va bir tempda harakatlanish. Ortiqcha yuklama olmang, dars va mashqlarni qoldirmang.

Alisher Ro'zioxunov

IELTS sertifikat olmoqchi bo'lganlarga yuboring!

Barchaga yuboring
 
@Jahon_tillari_UzSWLU
5.6K views13:04
Ochish/sharhlash
2023-06-01 15:01:42 Universitet tamomladingiz, lekin ishga kirish haqida o’ylab to’ymayapsizmi? Ingliz, rus tillarini o’rgandingiz-u, karera o’sishiga olib boradigan va doimiy o’sha ishda “gullaydigan” hodim bo’lib ishlash joyini topish ilinjidamisiz? Qayerga borsangiz sizdan ish staji so’rashayapti va bu sizni eng og’riqli nuqtangizligini payqagan bo’lsangiz, unda quyidagi ish bo’yicha e’lon ayni Siz uchun!
(Bitiruvchi kurs bo'lsa ham kandidatlikka ko'rib chiqamiz.)

O’zbekistonda quruq meva eksporti bilan shug’ullanuvchi korxona SOTUV MENEDJERI ish o’rni bo’yicha vakansiya ochilganini e’lon qiladi.

Kandidatdan talab qilinadigan bilimlar:
- Rus tiili (yozma va og’zaki) – B2 (minimum);
- Ingliz tili (yozma va og’zaki) – B1 strong yoki B2 weak (minimum);
- Ofis dasturlarida (MS Excel, MS Word, MS Outlook) ishlay olishi.

Kandidatdan talab qilinadigan ko’nikmalar-sifatlar:
- Javobgarlilik;
- Qat’iyatlilik;
- Tez o’rganuvchanlik;
- O’z ustida ishlashlik.

Kandidatat ish jarayonida:
- Chet ellik korxonalar/import hodimlari so’rovlarini “obrabotka” qilishi (WhatsApp, Viber, Telegram Messendjerlari va Elektron pochta orqali);
- O’zbekiston ichidagi mahsulotlarni o’rganishi, tahlil qilishi va boshqa hamkorlarni takliflarini o’rganishi;
- CRM tarmog’iga kirish so’rovlarini kiritishi, yangilashi va qo’llay olishi;
- Xalqaro shartnomalar bilan ishlashi va boshqa xalqaro hujjatlar bilan ishlashi.

P.S. Bularni barchasiga o’zimiz o’rgatamiz.

Ofis - Toshkent markazida;
Tushlik, telefon tarmoqlari, kompyuter – bizni hisobimizdan.
Ish vaqti: Dush-Juma: 09:00-18:00; Shan: 09:00-13:00.

Rezyumeingizni – info@sultanagro.uz elektron manziliga yuborishingizni so’raymiz.
+998 (99) 469-00-07 – raqamiga esa sms xabarnoma qoldirishingizni so’raymiz.
@manshuri21
4.1K views12:01
Ochish/sharhlash
2023-06-01 08:02:10 Rasman: Xotin-qizlarga 2000 ta grant uchun tavsiyanoma berish boshlandi

Arizalar 30-maydan 8-iyunga qadar xotin-qizlar.uz sayti orqali elektron shaklda qabul qilinadi;

10-iyunga qadar tuman (shahar) ishchi guruhlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish toʻgʻrisida xulosa qabul qilinadi;

Tavsiyanoma ishchi guruhi yigʻilishining yakuniy bayonnomalariga koʻra, rasmiylashtirilgan tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlarining buyruqlari asosida elektron hujjat shaklida qabul qilinadi hamda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan 14-iyunga qadar beriladi.

Tavsiyanomalar 15-iyunga qadar oʻrnatilgan tartibda oʻz egalariga yetkaziladi.

Barchaga yuboring
 
@Jahon_tillari_UzSWLU
4.4K views05:02
Ochish/sharhlash
2023-06-01 06:59:15
Қизларни Call Centrga Сотувчи Операторликга ишга таклиф қиламиз

Ёш чегараси: 18-30 ёшгача

Ойлик маоши: энг ками 2.000.000 сўм дан 8.000.000 сўмгача ишлашингиз мумкин.

Иш вақти: 09:00 - 22:00 гача
Студентларни хам ишга қабул қиламиз, талабимиз хеч болмаганда куннинг ярмида тўлиқ ишлаши керак, масофадан туриб ишлаш имконияти хам мавжуд!

Талаблар
Чиройли овозга эга бўлиш 
Ўзбек тилида равон ва чиройли гаплаша олиш
Ҳушмуомила ва киришимлилик бўлиш

Манзил: Тошкент шаҳри, Чилонзор тумани

Мурожат учун тел:
+998910125800
+998980002266
5.6K views03:59
Ochish/sharhlash
2023-05-30 13:14:52
#Qabul_2023

O'qishni ko'chirish uchun endilikda my.uzbmb.uz sayti orqali ro'yxatdan o'tiladi

Davlat test markazining nomi va huquqiy maqomi o'zgartirilgani sababli barcha rasmiy sahiflari nomini ham o'zgartirmoqda.

Shu sababli endilikda test sinovlari uchun abituriyent va "perevodchi"larni ro‘yxatga olish, ruxsatnomalarni tarqatish, natijalarni e’lon qilish kabi xizmatlar my.dtm.uz sayti orqali emas, balki my.uzbmb.uz sayti orqali ko‘rsatiladi.

Barchaga yuboring
 
@Jahon_tillari_UzSWLU
7.4K views10:14
Ochish/sharhlash
2023-05-28 19:02:53
16 yoshga to‘lgan bitiruvchi ID karta (pasport) olmasa, OTMga hujjat topshira olmaydi

Abituriyentlar onlayn ariza topshirishi uchun kerakli hujjatlar aytildi

Abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga kirish imtixoniga tegishli hujjatlarni onlayn topshirishi uchun bitiruvchilarning pasport (ID karta) ma’lumotlari Abitur elektron dasturiga kiritish talab etiladi. Hujjatsiz OTMga kirish uchun elektron ariza topshirib bo‘lmaydi. Bu haqda Ta’lim nazorati axborot xizmati ma’lum qildi.

OTMga hujjat topshirishda ID karta (pasport) va attestat kerak bo‘ladi. Faqatgina shu hujjatlardagi ma’lumotlarni bazaga kiritish yetarli, — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, pasport (ID karta) olish uchun hududiy ichki ishlar organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari va Davlat xizmatlari markaziga murojaat etish zarur.

Barchaga yuboring
 
@Jahon_tillari_UzSWLU
6.3K views16:02
Ochish/sharhlash