Get Mystery Box with random crypto!

#magistratura Bu yil magistraturaga qabul faqat bir marta b | JAHON TILLARI ™ | UzSWLU

#magistratura

Bu yil magistraturaga qabul faqat bir marta bo‘ladi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonovning qabulga oid jonli efirda ma’lum qilishicha, 2023/2024 o'quv yilida magistraturaga faqat bir marotaba yozda ya'ni 1-iyuldan 31-iyulgacha arizalar qabul qilinadi.

"O‘tgan yili ilk marta til sertifikati talab qilingani uchun faqat bir yil uchun 2 marta qabulga ruxsat olgan edik. Lekin bu yil qabul an’anaviy faqat bir marta bo‘ladi", - dedi vazir.

Ma'lumot uchun 2022/2023 o'quv yilida magistraturaga qishki va yozgi qabul o'tkazilgan edi.

Talabalarga yuboring
 
@Jahon_tillari_UzSWLU