Get Mystery Box with random crypto!

Rasman: abituriyent kirish imtihonida qatnashish uchun 165 min | JAHON TILLARI ™ | UzSWLU

Rasman: abituriyent kirish imtihonida qatnashish uchun 165 ming so‘m to‘lov qiladi

O‘rta ta’limni avvalgi yillarda tugatgan abituriyentlar kirish imtihonlarida qatnashish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lov qilishlari kerak.

Ayni paytda bir BHM – 330 ming so‘m, yarim baravari esa 165 ming so‘m.

Lekin hamma abituriyentlar ham to‘lov qilmaydi. To‘lovdan ozod abituriyent toifalari:
o‘qishni test o‘tkazilayotgan yili tugatgan bitiruvchilar;
nogironligi bo‘lgan shaxslar;
mehribonlik uylari bolalari;
bolalar shaharchasining bitiruvchilari;
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
“Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turuvchi yoshlar kirish imtihonlarida qatnashish uchun to‘lov qilmaydi.

Abituriyentlarga jo'natib qo'yamiz

Barchaga yuboring
 
@Jahon_tillari_UzSWLU