Get Mystery Box with random crypto!

Jadidlar ( Джадидизм )

Telegram kanalining logotibi jadidlar — Jadidlar ( Джадидизм ) J
Telegram kanalining logotibi jadidlar — Jadidlar ( Джадидизм )
Kanal manzili: @jadidlar
Toifalar: Bloglar , Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.30K
Kanalning ta’rifi

Tariximiz sahifalarida o'chmas iz qoldirgan Jadidchi ajdodlarimizning so'nmas xotirasiga bag'ishlangan. Jadidlar va jadidshunos olimlar asarlari, maqolalari, arxiv ma'lumotlar berib boriladi.
Murojaat uchun ➡️ @go_answersbot

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-08-01 15:45:58
Ot minganda, qushlar kabi uchguvchi,
Erkin-erkin havolarni quchg‘uvchi,
Ot chopganda, uchar qushni tutquvchi,
Uchar qushday yosh yigitlar qayerda?
Tog‘ egasi – sor burgutlar qayerda?

Cho’lpon

P.S. She’rga mos rasm bilan ham yuborsangiz bo’ladi masalan.

@jadidlar
2.3K views12:45
Ochish/sharhlash
2022-08-01 15:44:42
Ertaga sahifa adminining, ya’ni kaminaning tug’ilgan kuni. Shu munosabat bilan obunachilardan biriga ushbu to’plamni sovg’a qilmoqchiman. To’plam kerak bo’lgan ishtirokchi shunchaki jadid she’riyatidan kamida 4 misra qatorni kanal botiga yozib yuborishi kerak.
E’tibor bering misralar menga tanish bo’lmasligi kerak (iloji boricha, ommalashmagan she’rlardan topish kerak ya’ni).
Eng original, shu bilan birga aktual misralarni yozib yuborgan ishtirokchiga ushbu to’plam sovg’a qilinadi. Agar bu tanlov kimnidir kitob varaqlashga, izlanishga majbur etsa, ko’zlangan maqsadga erishgan bo’laman.
Deadline: ertaga soat 00.00 gacha.

Shu xabarni ulashganlar savobda qolsin.

@jadidlar
2.3K views12:44
Ochish/sharhlash
2022-07-24 12:19:49
“Avval xonlar oqposhshoga sodiqligi ramzi sifatida ordenu medallar olishgan.”
Twitterdan.

Mavzuga qo’shimcha: Birgina Buxoro Amiri Said Olimxonga Rossiya Imperatorlari tomonidan taqdim qilingan ordenlar:
Muqaddas Stanislav imperator ordeni;
Muqaddas Anna imperator ordeni;
Muqaddas havoriylarga teng knyaz Vladimirning imperator ordeni;
Oq Burgut imperator ordeni;
Va
Muqaddas muborak knyaz Aleksandr Nevskiyning imperator ordeni.

Suratda: Said Abdulahadxon, 1890

@jadidlar
3.1K viewsedited  09:19
Ochish/sharhlash
2022-07-22 17:43:59
Bundan uch yil avval jadidlar hali kul’t darajasiga chiqmagan paytlar ushbu sahifani tashkil etayotganimda, bugunning yetuk darg’alari tomonidan e’tirof etilishini, ziyolilarning sevimli kanaliga aylanishini xayolimga ham keltirmagan edim. Bugun Jadidlar xotirasi yo’lida amalga oshirilayotgan har bir sa’y-harakat ko’nglimga umid, charog’onlik beryapti.
Xabaringiz bor, Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan yetuk jadidlarimiz hayoti va faoliyatiga oid qimmatli ma’lumotlardan iborat kitoblar to’plami nashr etilgan edi. E’tiborga molik tomoni, G’ulom Zafariy ham alohida to’plamga kiritilgani bo’lib, bu uning ijodiy faoliyatiga qiziqishni yanada kuchaytirishiga xizmat qiladi.
Bugun ushbu to’plam bizga ham taqdim etildi va bu unutilmas sovg’a uchun Agentlik rahbari - Alisher Sadullayevga samimiy minnatdorchiligimni bildiraman. Mana shunday ezgu tashabbuslar bardavom bo’lsin.

@jadidlar
2.7K views14:43
Ochish/sharhlash
2022-07-14 16:01:05 Ayni damdagi kaltaklanib, burni tishlab uzilgan ayollar haqida o’qub, ko’nglim ozorlandi. Bu o’lka qizlari qachon ro’shnolik ko’rar ekan?
Ayollar masalasi jadidlar e’tiborida bo’lsa-da, ziyolilar tomonidan ham ayollar tent huquqliligi borasida ziddiyatli holatlar ko’p bo’lgan. Quyidagi maqolada Hoji Muin ayollarga taqiqlarning bosh tashabbuskori o’zimiznikilar ekanligini, vaqtli matbuotda esa tatar muharrir bor jurnaldagina bu masalalar ko’tarilganini keltirgan. Juda achchiq holatlar o’tkir qalam bilan tilga olingan. Barchaga o’qib chiqishni tavsiya qilaman.

@jadidlar

https://telegra.ph/YOSHLARIMIZ-VA-%D2%9AIZLAR-TARBIYASI-07-13
5.0K views13:01
Ochish/sharhlash
2022-07-14 08:48:10 https://telegra.ph/Juvonmarg-08-28
@jadidlar
2.3K views05:48
Ochish/sharhlash
2022-07-12 12:40:18
«Лекин келуб кўраманки, яна эски ҳаммом, эски тос, турган еридан зиғирча ҳам қимирламағон, илгари босмағон, илм ва маорифдан асар йўқ. Эл бутун тошдек қотғон, тараққиёт, маданиятдан нишон ҳам йўқ. Халқ таассуб чуқурига қараб юз тубан кетғон. Оҳ…»

Бугун жадидчилик сиймоларидан бири, адиб, драматург, публицист ва педагог Абдулла Авлоний таваллудининг 144 йиллиги. Ушбу санага бағишлаб, «Жадидлар» канали муаллифи Диёра Абдужабборованинг Авлоний фаолиятига бир назарини тақдим этамиз.

http://uz.hook.report/2022/07/avloniy-didaktika/

Бу ҳали ҳаммаси эмас. Тез орада сиз билан Абдулла Авлонийнинг авлодлари билан бўлиб ўтган интервьюни улашамиз.

@uzhookreport
2.2K views09:40
Ochish/sharhlash
2022-07-11 19:23:49 Ba’zi yoshlarimizga o‘xshash usti yaltiragan, ichi qaltiragan bo‘lub, boshlariga Yovrupo qalpog‘ini kiyub, “Madaniyat!”, “Madaniyat!” deb og‘uzlarini ko‘purturub, oz-moz musulmoncha, chala-yarim ruscha so’ylashub kulgu bo’lib yurmak madaniyat bo‘lmay, masxarabozlikning bir shu’basidur.

Madaniyat to‘lqunlari
A.Avloniy

@jadidlar
2.5K views16:23
Ochish/sharhlash
2022-07-11 19:06:15
Biz 12-iyul Abdulla Avloniy tavalludi munosabati bilan ularning bugungi kundagi avlodlari bilan uchrashdik hamda Avloniy haqidagi eng yorqin xotiralar haqida suhbatlashdik. Ushbu suhbat doirasida Avloniyni o’zim uchun qayta kashf etdim va sizlar ham bahramand bo’lishingiz joiz deb hisobladim.
Intervyu Jadidlar sahifasida hamda Hook Report kanalida ertaga e’lon qilinadi. O’tkazib yubormang.

@jadidlar
2.1K viewsedited  16:06
Ochish/sharhlash
2022-07-10 08:30:38 “Urushdan gapurma! Namozdan gapur, ro’zadan gapur, oshdan gapur, nondan gapur.”

“Pinak”
A.Avloniy

@jadidlar
2.0K viewsedited  05:30
Ochish/sharhlash