Get Mystery Box with random crypto!

Kechadan beri bayramda aytilgan “Go‘zal Turkiston” qo‘shig‘ini | Jadidlar ( Джадидизм )

Kechadan beri bayramda aytilgan “Go‘zal Turkiston” qo‘shig‘ini mendan ko‘pchilik so‘radi. Marhamat, mana u!

Cho‘lpon she’rda Turkistonning o‘sha paytdagi abgor ahvolini aytib, “birlash ey xalqim kelgandir chog‘i” deydi, birlashib Turkistonda yangi farovon davlat qurishga chaqiradi.

She’rni bir qancha ijodkorlar kuyga solishgan. Internetda izlasangiz chiqadi. Biroq turk xonandasi Yaprak Sayar ijrosidagisi girya-marsh oxirgi yillar juda keng tarqaldi va sevimli bo‘ldi. Xonanda ijtimoiy-siyosiy mazmundagi she’rni mahzun lirik qo‘shiqqa aylantirgani uchunmi, uni yurak bilan tinglaysiz va qulog‘ingizda aylanaveradi, qayta eshitgingiz kelaveradi. Yutubga bu qo‘shiq 9 yil avval yuklangan ekan!

Qullik, asorat – barchasi yonsin.
Qur yangi davlat, yovlar o‘rtansin.
O‘sib Turkiston, qaddin ko‘tarsin,
Yayrab, yashnab o‘z Vataning gul bog‘laringda!

Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin!

Shahnoza Soatova