Get Mystery Box with random crypto!

UNDOSHLAR TASNIFI ESLATMA! Undosh tovushlar uch tomondan | Ixlos o‘quv markazi

UNDOSHLAR TASNIFI

ESLATMA!
Undosh tovushlar uch tomondan tasnif qilinadi:
I. Hosil bo'lish o'rniga ko'ra; (til, lab, bo'g'iz)
II. Hosil bo'lish usuliga ko'ra:
III. Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko'ra: (jarangli, jarangsiz)

I. Hosil bo'lish o'rniga ko'ra:
1. Lab undoshlari: b, p, m, v, f;
a) lab-lab undoshlari: b, p, m;
b) lab-tish undoshlari: f, v.
2. Til undoshlari:
a) til oldi undoshlari: d, t, z, s, j, ch, sh, n, l, r;
b) til o'rta undoshi: y;
d) til orqa undoshlari: g, k, ng;
e) chuqur til orqa undoshlari: q, g', x.
3. Bo'g'iz undoshi: h.

II. Hosil bo'lish usuliga ko'ra:
a) portlovchilar: b, p, d, t, g, k, j, q, m, n, ng;
b) sirg'aluvchilar: v, f, z, s, y, r, sh, g', x, h;
d) qorishiqlar: ch.

III. Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko'ra:
1. Jarangli undoshlar – bularda ovoz ham, shovqin ham ishtirok etadi, tovush paychalari
tarang tortilgan bo‘ladi.
b, v, g, d, z, j, y, g' , m, n, ng, r.
2. Jarangsiz undoshlar – faqat shovqindan iborat bo‘ladi, tovush paychalari tarang tortilmaydi
p, f, k, t, s, ch, sh, q, x, h.

@Abduxalil_Numonov_999