Get Mystery Box with random crypto!

UNLILAR TASNIFI Eslatma! Faqat un (ovoz)dan iborat bo‘lgan | Ixlos o‘quv markazi

UNLILAR TASNIFI

Eslatma! Faqat un (ovoz)dan iborat bo‘lgan, bo‘g‘in hosil qiladigan va to‘siqqa uchramaydigan tovushlar unli tovushlar deyiladi.
Hozirgi o‘zbek tilida 6 ta unli tovush bor:
i, e, u, o‘, a, o.
Unli tovushlar uch tomonlama tasnif qilinadi:
Labning ishtirokiga ko’ra;
Og’izning ochilish darajasiga ko’ra
Tilning gorizantal holatiga ko’ra;
Labning ishtirokiga ko’ra ikkiga bo’linadi:
I) Lablangan unlilar: u, o‟
II) Lablanmagan unli: i, e, a
Eslatma! O – oraliq unli hisoblanadi.
Og’izning ochilish darajasiga ko’ra uchga bo’linadi:
I) Yuqori tor unli: i, u
II) Ow‘rta keng unli: e, o‟
III) Quyi keng unli: a, o
Tilning gorizantal holatiga ko’ra ikkiga bo’linadi:
I) Old qator unlilar: i, e, a
II) Orqa qator unlilar: u, o‟, o
Yuqoridagi 1- va 2- belgi hozirgi o‘zbek adabiy tili unlilari tasnifi uchun asos bo‘ladi. (lab va og‟iz)

@Abduxalil_Numonov_999