Get Mystery Box with random crypto!

​​Sevimli saytingizni ish stoliga chiqarib qo'yish Tez-tez ki | Dasturiy va texnik yordam👨‍💻

​​Sevimli saytingizni ish stoliga chiqarib qo'yish

Tez-tez kiradigan saytlarni brauzerning "Закладка"siga qo'shib qo'yish tafsiya etiladi, lekin bu ham biz dangasa IT'shniklar uchun ko'p ish to'g'rimi?
Brauzerni och, kerakli "Закладка"dan saytni ishga tushir, oxoo shuncha ish).

Men sizga bundan ham kam harakat bilan saytni ishga tushirish yo'lini ko'rsataman, ya'ni ko'p foydalanadigan saytni(facebook, twitter, youtube) kompyuter ish stoliga "ярлык"(yorliq deb tarjima qilsak bo'lar?) ko'rinishida saqlab qo'yamiz.
Albatta bu muammoli ish emas, lekin ko'pchilik bu haqida bilmas ekan:

1. Google Chrome(qolgan brauzerlarda ham bo'lsa, kerak bilmadim, tekshirmadim) brauzerini ochamiz.
2. Kerakli saytga kiramiz, misol uchun youtube.com
3. Brauzerning menyusini(o'ng tomon tepa qismidagi uch vertikal nuqta) ochamiz.
4. "Дополнительные инструменты" -> "Создать ярлык..." -> "Создать".

Shunda Windows ish stolimizda youtube saytining emblemasi ko'rinishida yorliq hosil bo'ladi. Shu yorliqni ishga tushirsa, avtomat brauzer ochilib, youtube sayti ishga tushadi.

Bu usul yordamida elektron pochtangiz, parolsiz kiradigan ijtimoiy tarmoqlar yorlig'ini hosil qilib yurmang, sababi siz yo'qligingizda kompyuteringizga boshqalar o'tirib ishlashi ehtimoli juda katta.

O'zingiz uchun yaxshi ko‘rgan narsani do'stingizga ham ravo ko‘ring: https://t.me/ITyordam