Get Mystery Box with random crypto!

​​Microsoft Word'da 2 ta kichik, lekin ancha foydali imkoniyat | Dasturiy va texnik yordam👨‍💻

​​Microsoft Word'da 2 ta kichik, lekin ancha foydali imkoniyat
#lifehack

Word bilan ishlash jarayonida 2 ta zo'r imkoniyatni bilib qoldim, to'g'ri kimgadur bu oddiy ko'rinishi mumkin, lekin men ishonamanki bu imkoniyatlarni oldin bilganingizda albatta foydalanar edingiz.

1. Vertikal belgilash. Word dasturida matnlar sichqoncha yordamida gorizontal ravishda belgilanadi va belgilangan matnni tahrirlash mumkin bo'ladi. Siz ALT tugmasini bosgan holda sichqoncha yordamida matnlarni vertikal belgilashingiz mumkin.

2. So'zma-so'z o'tish. Word matn muharririda, kursor harfma-harf yurgaziladi, bu biroz sekin, to'g'ri sichqoncha yordamida kerakli joyga tez borish mumkin, lekin word dasturida ko'p ishlagan odamlar bilishadiki, matn terish jarayonida sichqonchani ishlatish ancha noqulay, chunki siz 2 ta qo'lingiz bilan matn terishga kirishib ketgan bo'lasiz.
Word dasturida harfma-harf emas, balki so'zma so'z kursorni yurgazish mumkin, uning uchun siz CTRL tugmani bosgan holda, kursorni yurgazasiz(strelka yordamida). Bu imkoniyat orqali siz kerakli joyga tez yetib olishingiz mumkin.
@ITyordam