Get Mystery Box with random crypto!

Bizga yoshlikdan singdirilgan streotiplar. 'Falonchini o' | Asadbek's Blog

Bizga yoshlikdan singdirilgan streotiplar.

"Falonchini o'g'li 'narxoz' ni bitirib hozir bankda ishlayotganmish, pistonchini o'g'li Moliyani bitirib vazirlikda katta amaldormush" degan gaplar atrofdagilar va ota-onalarimiz tomonidan tez-yez yangrab turardi. Bilmadim negadir bu menga kelajakda sen ham universitetda o'qishing va diplom olishing kerak" degandek tuyulardi(huddiki diplom va amal sizni baxtingizni kafolatlaydigandek) lekin mening fikrlarim ularnikidan bir muncha farq qilardi. Quyida esa sabablardan birqanchasi:

Birinchidan, diploming bor yo'qligiyu, uning nechtaligi sening dunyoqarashing va bilimlaring darajasini belgilab bermaydi.

Ikkinchidan, hozirgi vaqtda daromadli kasb qilish uchun diplom shart emasligini ko'pchilik tobora anglab bormoqda va bu ayni haqiqat.

Va nihoyat uchinchisi hozir ko'pchilik tushunyaptiki 4 yil o'qib falon million so'm to'lab bo'sh kalla bilan chiqish sodda qilib aytganda "не стоит ".

Shunday ekan bro o'zing tanla diplom senga rejalaring rivojida zarur bo'lsa harakatingni qil, agar diplomsiz ham amallayman desang bu ham sening qaroring.Unutma, bugungi qarorlar ertaga qanday yashashingni belgilab beradi.

P/s: O'zim ham Westminsterda 1-kursni tugatgandan so'ng jiddiy qaror qabul qilish va maqsadlarni aniqlashtirib olish uchun 1yillik akademik ta'til oldim. Va bundan afsuslanmayman zero ta'til davomida ko'p o'zimga kerakli narsalarni o'rgandim va yangi do'stlar orttirdim.

Asadbek Makhmudjonov | Blog