Get Mystery Box with random crypto!

TikTok algoritmlari haqida ikki og'iz. You Tube dagi 'Osm | Asadbek's Blog

TikTok algoritmlari haqida ikki og'iz.

You Tube dagi "Osmondagi bolalar" loyihasini tomosha qila turib shu postni yozishni niyat qildim bu postda o'zim bilgan ma'lumotlar bilan cheklanmasdan internetdan yaxshigina "research" ham qilishga to'g'ri keldi, shunday qilib bugungi post hammaga ma'lum va mashhur TikTok algoritmlari haqida bo'ladi.

TikTok algoritmlari bir qancha faktorlarni o'z ichiga oladi:
1. Foydalanuvchi qiziqishlari: like bosilgan yoki ulashilgan videolar, siz obuna bo'lgan akkauntlar , izoh qoldirgan postlaringiz, va siz yaratgan kontent va hk.
2. Grafik ma'lumot: bunga skrinshotlar, ovozlar va hashtaglar misol bo'la oladi.
3. Qurilma va akkount sozlamalari: siz so'zlashadigan til, davlatingiz joylashuvi va qurilmangiz turi va hk.
Va bu bilan o'z nihoyasiga yetmaydi.

Har bir faktor TikTokning "For You Page" tizimini to'ldirib boradi va bu tizim har bir foydalanuvchi va uning qiziqishlari uchun alohida yondashadi.Masalan, foydalanuvchining biror videoni boshidan oxirigacha ko'rishi yuqoridagi istalgan faktorlardan ko'ra kuchliroq argument bo'la oladi.Va bu argument sizga kelajakda ko'rsatiladigan kontentlarning asosi bo'ladi.

Ammo eski ijtimoiy taqmoqlardan qolgan retro qarash bor: "Obunachilar ko'pligi ko'rishlar sonining ko'pligini anglatadimi? ".TikTok rasmiylari bunga yo'q deb javob berishadi.
Demak,sizda obunachilar soni 0 bo'lsa va bundan oldin TikTokka post qo'ymagan bo'lsangiz ham boshqalarning "For You Page" ida paydo bo'lishingiz imkoniyati bor.TikTokning mashhur bo'lishining sababi ham aynan shu deb o'ylayman.

Siz reklamaga ortiqcha vaqt, mablag' sarflamaysiz, shunchaki ommabop kontent yaratasiz va TikTokning ozi uni shu mavzuga qiziquvchilar auditoriyasiga taqdim etadi.Qarabsizki siz "yulduzsiz".Lekin hozirgi vaqtda bemaza,bachkana va saviyasiz hattoki axloqsiz videolar ko'p "prosmotr" yig'ayotgani ham bor gap.Buning asosiy sababi odamlarning ilmsizligi deb bilaman.

Bu mavzuga chuqur kirib borish niyatim yo'q, chunki post bu haqida emas.Shuning uchun mavzuni vaqtincha yopamiz va bu haqida keyingi postlarda to'xtalib o'tishga harakat qilamiz.

Asadbek Makhmudjonov | Blog