Get Mystery Box with random crypto!

#mulohaza_uchun #maslahat Taym menejment bo‘yicha 3 maslaha | IT specialist

#mulohaza_uchun #maslahat

Taym menejment bo‘yicha 3 maslahat (2-qism)

Ushbu postning 1-qismi

. Barchasini rejalashtiring

Har bir kun uchun jadval tuzing va unga rioya qilishga, rejada bo‘lmagan vazifalarga chalg‘imaslikka harakat qiling. O‘zingizni aldashdan ma’no yo‘q, shuning uchun kichik narsalarni ham ishlar ro‘yxatiga kiritish lozim: masalan, uyqu aralash yangiliklarni o‘qish yoki Instagram'ga “yopishib qolish” uchun 10 daqiqa.

. Zaxira variantini o‘ylab qo‘ying

Vaqt bilan munosabatlarda optimizmga o‘rin yo‘q. Biror ish rejadagi kabi amalga oshmagan taqdirda, kechikishlardan o‘zingizni sug‘urtalash uchun darhol harakatlar algoritmini o‘ylab qo‘ying.

. O‘zingizga ortiqcha yuklama olmang

Kunlik jadvalni tuzayotgan vaqtingizda, unga imkon qadar ko‘proq ishlarni kiritish ishtiyoqi yuzaga keladi. Nazariy jihatdan olib qaraganda, bu ajoyib ko‘rinadi va sizga o‘zingizni unumdorlik qirolidek his qilishga yordam beradi, lekin aslida bu xavflidir. Atigi bir marta kechiksangiz xolos — butun jadval oyog‘i osmondan bo‘lib ketishi mumkin. Vaziyatga aql bilan nazar soling: barchasini va darhol bajarib bo‘lmaydi, shu bois zaxira uchun vaqt qoldirgan ma’qul.

Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
• Dasturchi uchun Time Management kerakmi?
• Yangi start!
• O‘qish vaqtida diqqatni jamlash bo‘yicha maslahatlar
• Taqdirimizga ta’sir qiluvchi besh tavsiya
• O‘zimizga nisbatan qo‘llashni to‘xtatishimiz lozim bo‘lgan narsalar
• Muvaffaqiyatli kishilar qanday qilib barchasiga ulgurishadi?
• Dastlabki kurs talabalariga maslahatlar
• Talabalar uchun 10 ta bepul foydali mobil ilovalar
• Telegram’da rejalashtirilgan xabarlar yuborish
• Telegram'dan Reminder (eslatib turuvchi) sifatida foydalanish

@itspecuz | Mundarija