Get Mystery Box with random crypto!

#word Matnni tezkor belgilash uchun layfxaklar Ko‘pchiligi | IT specialist

#word

Matnni tezkor belgilash uchun layfxaklar

Ko‘pchiligimiz matnni belgilashda asosan sichqonchani ishga solamiz, ba’zi holatlarda esa klaviatura yoki ushbu ikki qurilmaning birgalikda qo‘llanilishi ishimizdagi samaradorlikni ancha oshirishi mumkin.

Ushbu postimizda bu borada bizga yordam berishi mumkin bo‘lgan ba’zi layfxaklar bilan bo‘lishamiz:

. So‘zni belgilamay turib o‘ngdan chapga yoki chapdan o‘ngga qaratib tezkor o‘chirish uchun mos tarzda CTRL + BACKSPACE / CTRL + DELETE klavishlari birikmasidan foydalaning.

. Matnni vertikal tarzda belgilash uchun, ALT klavishini bosib turgan holda sichqonchaning chap tugmasini bosib, kursorni kerakli yo‘nalishda harakatlantiring.

. Abzats tarkibidagi biror so‘zni tezkor belgilash uchun SChT (sichqonchaning chap tugmasi)ni kerakli so‘z ustiga ikki marta bosing.

. Muayyan abzatsni tezkor belgilash uchun SChT (sichqonchaning chap tugmasi)ni abzats tarkibidagi biror so‘z ustiga uch marta bosing.

. Jumlani to‘liq belgilash uchun, uning tarkibidagi istalgan so‘z ustiga CTRL + SO‘T (sichqonchaning o‘ng tugmasi)ni bosing — Word avtomatik tarzda jumlaning boshi va oxirini aniqlaydi.

. Matnni kursor joylashgan joyidan boshlab hujjatning boshi yoki oxiriga qadar tezkor belgilash uchun mos tarzda CTRL + SHIFT + HOME / CTRL + SHIFT + END klavishlari birikmasidan foydalaning (bu ko‘p sahifali hujjatlarda matnni tezkor tarzda belgilash va o‘chirish uchun qulaydir).

. Hujjatning istalgan joyidan sichqoncha kursori so‘nggi bor o‘rnatilgan joyga tezkor qaytish uchun SHIFT + F5 klavishlari birikmasidan foydalaning.

Manba: @hacks_office

Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Windows operatsion tizimiga tegishli ayrim foydali klavishlar birikmasi
• Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

@itspecuz | Mundarija